44
bo’lsa kerak, bu qadimgi okeanni qayta tiklash masalalari doimo bahslarga
sabab bo’lib, xilma-xil yechimlarga ega. Ammo hozirgacha barcha
mutaxassislarni qondiradigan, yagona yechim topilgan emas.
Ushbu qadimgi okeanning
chegaralari ham ancha mavhum, ammo asosiy
g`oya shundan iboratki, uning o’rnida yirik Ural-Tyanshan-Oxota burmalangan
mintaqalar majmuasi paydo bo’lgan.
Shimol va shimoli-sharqda bu okean Sibir,
janubda Xitoy, Sharqiy
Yevropa
platformalari
bilan
chegaradosh.
Janubdagi
Tyanshanning
markazida u bevosita Paleotetis bilan tutashadi (Zarafshon daryosi vodiysi
bo’ylab).
Ushbu okean tarkibida, bir qator kichik qit`alar mavjud. Ular
Gondvana, Sibir, Xitoy platformalarining arxey-proterozoy davriga mansub
bo’lgan poydevoridan ajralib chiqqan.
Bu mayda qit’alar bir qator guruhlarga ajratiladi. Eng shimoliy guruhga
Lut, Gurgon, Protosayan kichik qit’alari kiradi. Gondvanadan ajratilganlar
sirasiga Tarim,
Xitoy-Koreys massivi, O’rtalik va Shimoliy Tyanshandagi
terreynlar, Tuva, Mointi, Amur kabi bo’laklar kiradi. Har bir bunday kichik
qita o`zining faol va sust chekkalariga ega va ular
bilan bir qator subduksion
jarayonlar, orollar yoylari, vulqon mintaqalari bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: