Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437,9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
23 buvang keldi, meni so'rasa, uyda yo'qlar deb ayt», debdi. Bola yugurib borib eshikni ochipti, keyin: «Buvajon, oyim uyda yo'qlar, ko'chaga chiqib ketuvdilar», debdi. Buni eshitgan chol nevarasiga: «O'g'lim, oyingga borib ayt, ko'chaga chiqib ketadigan bo'lsa kallasini derazaga qo'yib ketmasin», deb orqasiga o'girilib ketaveribdi. Nash'a gapini tugatgach, chuqur tin oldi. — Bu gapning senga aloqasi bormi? — Yo'q, men buni bir jurnalda o'qigan edim. — Unday bo'lsa buning senga nima daxli bor? — Menga emas, o'sha bolaning onasiga daxli bor. Vijdon azobini u tortgan. O'qituvchimiz hammadan bir-bir surishtirib chiqdi. Ma'lum bo'lishicha, oramizda hech kim vijdon azobiga uchramagan ekan. Hamma birovlarni misol qilib keltirdi. — Demak, sizlar vijdon azobi nimaligini hali bilmas ekansizlar,— dedi o'qituvchi savol-javobdan keyin. — Biror shaxs biror nojo'ya ish qilgan va keyin o'zi pushaymon bo'lgan taqdirda, u vijdon azobiga duchor bo'ladi. Uning bu nojo'ya harakati kimgadir og'ir botishi kerak. O'qituvchi biroz o'ylanqirab turdi-da, keyin qo'shimcha qildi: — Hozir men sizlarga bir voqeani aytib beraman. Vijdon azobi uchun juda mos bu. Hammamiz jim bo'ldik. — U paytlari biz litseyda o'qirdik. Direktorimiz juda badjahl odam edi. O'qishlarni boshlab yuborganimizga endi ikki-uch kun bo'lgan. Sinfimizda yangi bola paydo bo'ldi. Boshqa maktabdan o'tgan ekan. Hali uning isminiyam bilmasdik. U doim bir qo'lini shimining cho'ntagiga tiqib yurardi. Hali yaxshiroq tanishib olmaganimiz uchun nega bunday qilib yurishini so'ramagan edik. Bir kuni katta tanaffusda litsey hovlisida o'ynab yurgan edik, birdan direktor kelib qoldi. Yangi bolaga ko'zi tushgan bo'lsa kerak, darhol uni chaqirdi. Bola yugurib oldiga keldi. Kelishga keldi-yu, lekin cho'ntagidan qo'lini olmadi. O'yin taqqa to'xtadi. Bolaning qo'li hamon cho'ntakda. Hammamiz xavotirga tushdik. Chunki direktor qanaqa badjahl odam ekanini bilamiz. — Nega qo'lingni cho'ntakka tiqib turibsan? — o'dag'ayladi u. Yangi bola boshini quyi solganicha churq etmay turaverdi. — Chiqar qo'lingni! Direktor qattiq o'shqirdi. Bola qimir etmadi. — Karmisan, senga aytyapman! — Eshitdim, afandim, — zo'rg'a javob berdi u. — Eshitgan bo'lsang, nimaga serrayib turibsan? Ol qo'lingni cho'ntakdan! Bola sekin boshini ko'tarib, atrofini o'rab olgan tengqurlariga, keyin qarshisida turgan direktorga mo'ltirab qaradi. Ammo cho'ntakdagi qo'lini qimir-latmadi. — Bezorixona emas bu yer! Aytgan gapni qil, ablah! Qoni qaynagan direktor qulochkashlab turib bolaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi. Bola gup etib yerga ag'darildi. Shimining cho'ntagiga tiqilgan chap yengi shalvirab, yoniga tushdi. Hamma turgan joyida qotib qoldi. O'rtaga mud-hish sukunat cho'kdi. Direktor surat bo'lib qolgan edi. Bola qo'lsiz ekan. Bir qo'li yo'qligini bizga bildir-maslik uchun yengini shimining cho'ntagiga qayirib yurarkan. Direktorning ko'ziga yosh keldi. Yerga engashib bolani o'rnidan turg'azdi. Keyin siniq ohangda: — Shuni ilgariroq aytsang bo'lmasmidi, bo'tam, — deganicha uni qo'ltig'idan olib, xonasiga boshlab ketdi. O'sha kungi voqeadan keyin qo'lsiz bolani maktabda qayta ko'rmadik. Bola bechora umuman maktab ostonasiga boshqa qadam bosmadi. Direktor uning uyiga borib o'zidan va ota-onasidan kechirim so'radi. Maktabga qaytib kelsin, o'zim unga qarab yuraman, deb yalindi hamki, bola bu dargohga qayta qadam bosmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling