Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
22 edim. Qattiq ranjidim. Mana, bo'lgan voqeaning hammasini yozdim. Omon bo'l, qadrdon do'stim Ahmad. Tez-tez xat yozib tur. Xo'pmi? Sinfdosh o'rtoqlardan ham darak ber. Xatingni kutaman. Zaynab Yolqir. Vijdon azobi Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil. Zaynab! Nima yozsam, shuni maqtayapsan. Bu bilan sen meni yaxshiroq yozishga da'vat etyapsan. Iliq gaplaring uchun rahmat. Bir xatingda: «Sen nuqul kuladigan narsalarni yozasan», degan eding. Esingdami? Bu galgisi kulgidan yiroq, yurakni ezib yuboradi. Voqeani o'qituvchidan eshitdik. Bizga juda-juda ta'sir qildi. Tunov kuni darsda Husayn kitobdan bir nimani o'qib berayotgan edi, vijdon azobi, degan birikmaga duch keldi. O'qituvchimiz uni to'xtatib, vijdon azobi nima ekanini bizga rosa tushuntirib berdi. Keyin: «Mana shunga vijdon azobi deyiladi. Tushunarlimi?» deb so'ragan edi, hammamiz «tushunarli, tushunarli», deb aytdik. — Tushunarli bo'lsa endi bunga misol keltiramiz. Yashar qanaqa bola ekanini o'zing bilasan. Hozir ham orqa partada o'tiradi. Fikri darsda emas, boshqa narsalarda. Dam yonidagi markalarini sanasa, dam qog'ozga rasm chizib o'tiradi. O'qituvchi to'satdan Yasharni chaqirib qoldi. — Qani, Yashar, sen ayt-chi, vijdon azobiga hech uchraganmisan? Yashar o'qituvchining oldingi gaplarini sira eshit-magandi. Chunki o'yin bilan ovora edi. Lekin quv bola emasmi, «ha, dedim, tutildim, yo'q, dedim, qutildim», qabilida ish ko'rganim ma'qul, deb o'yladi. Shuning uchun: — Yo'q, afandim, sirayam vijdon azobiga uchramaganman, — deb javob berdi. — Iya, bu qandoq bo’ldi? Vijdoning hecham azoblanmaganmi? — Hecham, afandim. Nash'a hamisha mahmadonalik qiladi. O'qituvchining ko'ziga bo'zrayib qarab turadi-da, sekin qo'lini ko'taradi. Shundayam tinch o'tirolmaydi, hadeb: — Men aytib beray. Menga so'z bering, menga so'z bering, — deb javrayveradi. — Ha, mayli. Nash'a, sen aytib beraqol. Qani, necha marta vijdon azobini tortgansan, nima voqea ro'y bergan, eshitaylik-chi? — Vijdon azobiga ko'p uchraganman, — javob berdi Nash'a kerilib. — Bo’lmasa eshitaylik. — Qaysinisini aytib beray? Sinfdagilar sharaqlab kulib yubordi. Sho'ring qurg'ur Nash'a vaqtdan yutmoqchi bo'lgan edi-da. O'qituvchimiz ham miyig'ida kulib qo'ydi. — Obbo Nash'a-ey! Vijdoning juda ko'p azob tortgan ekan-da? Mayli, o'zingga ma'qulini gapirib beraver. Nash'a odatdagidek g'o'ldiray boshladi. Odatini o'zing bilasan, hamisha shunaqa qiladi. Gapni rosa rezinkaday cho'zadi. Bu safargisi ayniqsa oshib tushdi. Oxiri: — Kattaga izzat, kichikka hurmat ko'rsatish kerak, — deb ming'illadi. Uning bu nasihatomuz gapi o'qituvchini ham qiziqtirib qo'ydi. — Xo'sh, innaykeyin? — so'radi u Nash'ani batar hovliqtirib. — Bir xotin o'g'liga shu gapni aytib turgan ekan, qo'qqisdan ko'cha eshigi taqillab qopti. Boyagi xotin derazadan mo'ralab qarasa, qaynotasi emish. Darhol o'giini chaqiribdi-da: «Bor, eshikni och, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling