Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
24 O'qituvchimiz hikoyasini tugatgach, sinfga chuqur jimlik cho'kdi. Hammani og'ir xayollar chulg'ab oldi. Tanaffusga qo'ng'iroq chalindi. — Shu voqeadan keyin, litsey direktoriga sinfdan chiqayotib, — vijdon azobi shunday bo'ladi, — dedi. — O'qituvchining o'ziyam boshqa odamlarning vijdon azobini gapirib berdi-ku, — hayron bo’ldi Nash'a ancha sergaklanib olgach. Darvoqe, to'g'ri. O'qituvchimiz ham xuddi bizga o'xshab birovlarning boshidan kechgan voqeani aytib bergan edi. O'g'ilbola gapni Yashar aytdi: — Masala ravshan, bolalar. Vijdon azobi degan narsa egasining esida turmas ekan. Hamma birovlarnikini aytib yurarkan. Ertasi kuni Damir yangi gap topib keldi. — Men buni dadamdan so'radim. Dadam bolalarda vijdon azobi bo'lmaydi, chunki ular hali balog'atga yetmagan, deb aytdilar. Vijdonsizlik ko'proq kattalarning qo'lidan kelarkan. Bilaman, eng to'g'ri gap shu. Xo'sh, sening fikring qalay? Shunga qo'shilasanmi? Har kuni o'qishdan kelgach, oyimdan menga xat bormi, deb so'rayman. Meni xursand qilmoqchi bo'lsang, tezroq javob yoz. Yaxshi kunlar yor bo'lsin senga, Zaynab. Ahmad Tarbay. Sakkiz qizning otasi Anqara, 10-dekabr, 1963-yil. Ahmad! 7-dekabrda yozgan xatingni oldim. O'qituvchingiz juda alamli voqeani gapirib bergan ekan. Direktordan kaltak yeb, yerda cho'zilib yotgan nogiron bola hamon ko'z o'ngimda turibdi. Biram yuragim ezilib ketdiki... Sinfimizda Hikmat degan bir qiz bor. Shu dugonam yaqinda menga bir gap aytgan edi, senga yozay-mi, yo'qmi, deb rosa ikkilandim. Oxiri uning aytganlarini xatga solishga qaror qildim. Sababi shuki, Hikmat bu gapni sinfda hech kim bilmasin degan edi. Men ham hozirgacha birovga aytganim yo'q, sir saqlab yuribman. Sen Hikmatni tanimaysan, binobarin, uning sirini senga aytgan bilan so'zimdan qaytgan bo'lmayman. Shundaymi? Men bu bilan dugonamning g'iybatini qilmoqchi emasman. Masala ancha jiddiyroq, meni juda o'ylantirib qo'ydi. Bu haqda sening fikringni ham bilmoqchiman. Maktabga yangi kelgan kunlarim Hikmatga uncha e'tibor bermagan ekanman. Beozorgina yuradigan, kamgap qiz edi. Oldiniga men uni o'g'il bola deb yurgan edim. Ko'rgan odam uni chindan ham o'g'il bola deydi. O'g'il bolalarga o'xshab kiyinib yuradi, sochlari ham kalta qilib qirqilgan. Juda nimjon. Tanaffus paytida qizlarga ham, o'g'il bolalarga ham qo'shilmaydi, ancha odamovi. Kimligini otiga qarab ham bilib bo'lmaydi. Hikmat degan ism o'g'il bolalardayam, qizlardayam bor. Bir kuni fizkultura darsi ketayotgan edi. O'qituvchi bolalarni ikki to'pga bo'ldi — qizlar bir tomonda, o'g'il bolalar boshqa tomonda. Hikmat qizlar to'dasiga borib turdi. Oldiniga tushunolmay hayron bo'ldim. Shundagina lining qiz bola ekanini bildim. Juda qiziqib qoldim. Bir kuni Hikmat maktabga ruhi qattiq ezilgan holda keldi. Sababini so'rasam, aytmadi. Juda qistaganimdan keyin oxiri: — Rostini aytsam, men ham bor gapni aytib, bir oz yengil tortgim keladi, — dedi. — Ammo hammaning og'ziga tushishdan qo'rqaman. Men hech kimga aytmaslikka so'z berdim. Shundan keyingina u butun dardini to'kib soldi. Otadan ular sakkiz farzand ekan. Hammasi qiz bola emish. Hikmatni ba'zan maktabga o'zidan kattaroq bir bola olib kelguvchi edi. Men akasi bo'lsa kerak, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling