Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
27
 
Hali yoshlik qilasan 
 
Istanbul, 14-dekabr, 1963-yil.
Zaynab! 
Xatingni o'qir ekanman, yigiashimniyam, kulishimniyam bilmay qoldim. Dugonang Hikmatga 
qattiq achindim. U bechoraning ahvoli nima kechadi endi? Oilasida biror yangilik ro'y bersa menga 
ham xabar qil, bilay. 
Baxt degan narsa qiz yoki o'g'il bo’lib tugilishga bogiiq ekani ilgari hecham xayolimga kelmagan 
ekan. Shuning uchun dadamdan fikr so'radim. Dadam buni uzoq tushuntirib berdilar. Gaplarining 
asosiy mazmuni shu bo’ldi: o'rtada hech qanday farq yo'q, insoniyat erkak va ayoldan tashkil topgan. 
— Gapingiz to'g'ri, dada, — dedim. — Ammo siz qiz bola bo’lishni xohlarmidingiz? 
Dadam o'shqirib berdi: 
— Bu nima bema'nilik! 
Nimaga jahli chiqqanini tushunolmadim. Go'yo hozir dadam qayta tug'iladiganday. Ayni shu 
savolni oyimga ham berdim. 
— Koshkiydi erkak bo’lib tugilsam,— dedi u uh tortib. 
Kecha o'qituvchimiz bizni muzeyga olib bordi. Qaytishimizda undan ham shuni so'radim. 
— Nega so'rayapsan buni? — hayron bo’ldi u. 
Men bor gapni aytib berdim. 
— Bu — kattalarning ishi, sen hali tushunmaysan, qo'y bu gapni, — dedi u oxiri. 
Shunaqa gapni eshitsam, qonim qaynaydi. Bizni nuqul hech narsaga aqli yetmaydi, deb 
o'ylashadi. 
Bir kuni uyimizda qiziq gap bo’ldi. Ukam nimanidir tushunmay dadamdan so'radi. Dadam bo’lsa: 
— Sen hali yoshsan, bunday narsalarga tushunmaysan, — deb qo'ya qolgan edi, ukam yana 
qistalang qildi: 
— Siz tushuntirishga urinib ko'ring, dada, tushu-nib qolarman balki. 
Dadam uning gapini hali-hali eslab qo'yadi. 
Men bir narsaga hayronman. Kattalar biror gapni tushuntirib berish o'rniga nega bizga nuqul: 
«Hali yoshsan, aqling yetmaydi», deyisharkin-a? 
Yaqinda qiziq bir gap bo’ldi. Mana eshit, gapirib beraman. 
Oyim ukamni olib qo'shnilarnikiga chiqibdi. Bir gala xotin-xalaj o'tirgan ekan. Shulardan biri 
homilador bo'lib, bola ko'rishni istamas ekan. Hamma o'z bilganicha unga maslahat beribdi. Ukam 
bularning gapiga parvo qilmay bir burchakda tinchgina o'ynab o'tirgan ekan, bir juvon: «Hoy ovsin, 
yosh bola bor-a, eshitib qolmasin tag'in», debdi. Ukam bu gapni eshitib, qulog'ini ding qilibdi. «E, 
parvo qilmang, go'dak narsa nimani tushunardi», debdi ikkinchisi. Bu gap ukamga qattiq botibdi. 
O'yinchoqlarini o'ynab o'tirgan bo'lib, hamma gapni eshitib olibdi. «Qo'ying, eshitib qoladi», «Eshitgan 
bilan baribir tushunmaydi, aqli kirdi-chiqdi hali», degan gap-so'zlar ham qulo-g'iga chalinibdi. 
Keyin bilsak, ukam hamma narsaga aqli yetishini ko'rsatib qo'yish uchun payt poylab yurgan 
ekan. 
Tunov kuni uyimizga mehmonlar kelishdi. Hamma o'tirgan edi, ukam mehmonlardan biriga qarab 
to'satdan: 
— Homilador ekansiz-a, xola?— deb qolsa bo'ladimi. 
— Shunday, o'g'lim,— dedi boyagi juvon o'ng'aysizlanib. 
— Endi tug'asizmi? 
Dadam bilan oyim ko'z urishtirib olishdi. Ukam hamma narsaga aqli yetishini isbotlamoqchi bo'ldi 
shekilli, yana valdirab berdi: 
— Bitta xolani ko'rdim, qorni katta-yu, lekin tug'mayman, dedi. Oyi, to'g'rimi gapim? 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling