Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
28 Oyim lavlagidek qizarib ketdi. Bu noqulay ahvoldan chiqish uchun erkaklar gapni boshqa yoqqa burishdi. Lekin ukamning jag'i tinmadi. Hamma eshitgan gaplarini oqizmay-tomizmay so'zlab berdi: — Bas endi, jim bo'l! — jerkib berdi oyim. Ukam yana javray ketdi. Eshitgan-bilgan narsalarini to'kib soldi. Mehmonlar kulishgan bo'ldi. Oxiri oyim uni qo’lidan ushlab, narigi xonaga olib ketdi. Ukam ho'ng-ho'ng yig'lab: — Ha, hech narsaga tushunmas ekanmanmi... Hammasiga aqlim yetibdi-ku... Nimaga meni tushunmaydi deysizlar, — deb uyni boshiga ko'tardi. Oyim ukamni tinchitgach, xonaga qaytib kirdi. — Shu zamonning bolalariga hayronman. Hamma narsaga aqli yetadi-ya, — dedi boyagi juvonning eri. Men odinroq lip etib o'rnimdan turib ketgan edim. To'g'risini aytsam, ukamning bu qiiig'idan ko'p xursand bo'ldim. Dars paytida o'qituvchimiz men nima xayolda o'tirganimni sezganday: — Yurtimizda respublika e'lon qilingach, erkak lar bilan ayollar teng huquqqa ega bo'ldi. Endi har sohada ularning huquqi teng, o'rtada zarracha farq yo'q, — dedi. Bu gap Yasharning erkaklik nafsoniyatiga og'ir botdi. — Hecham farq yo'qmi? — Aslo. — Rostdanmi? — Ha! — o'shqirdi o'qituvchi. — Unday bo'lsa, nimaga «Xotin-qizlarning huquqini himoya qilish jamiyati» tuzilgan? Nega erkaklarniki yo'q? Oyim shu jamiyatga a'zo, bilaman buni. Befarosat Nash'a luqma tashladi: — Jonivorlarni himoya qiladigan jamiyat ham tuzilgan... Uyga qaytayotganda ham nuqul shu haqda gaplashib keldik. Kechki ovqatdan keyin dadam gazeta o'qib o'tirgan edi. E'longa ko'zim tushdi. Yangi kazino ochilibdi. Striptizga tushadigan xotinlarning yalang'och rasmi ilova qilingan. — Dada, erkaklar nega striptiz o'ynamaydi? Dadam gazetani bir chekkaga uloqtirib, menga g'alati qilib tikildi. — Esing joyidami, o'g'lim? Erkak kishiga balo bormi striptiz o'ynab?! — O'qituvchimiz bugun erkaklar bilan ayollar teng huquqli bo'lgan, deb aytdi-ku axir. Huquq teng bo'lgandan keyin erkaklar ham striptiz tushishi kerak-da. — Er kishining yo'rig'i boshqa, o'g'lim. Harholda erkak bilan xotin kishining o'rtasida qandaydir farq bo’lishi kerak. Ish tikib o'tirgan joyida oyim gap tashladi: — Nimasini aytasiz. Erkak kishi kechasi bilan ko'chada sang'ib yursa hech kim hech narsa demaydi. Ayol kishi qilsa-ya, shu ishni... Darrov badnom bo'ladi. Bunisiga nima deysiz? To'g'rimi shu? Dadam bilan oyim gap talashib qolishdi. Menga bergan savoling haqida ko'p o'ylab ko'rdim. Tagiga yetolmadim. Kimdan so'ramay, tuzukroq javob ololmadim. Menimcha, ayol kishining ham, erkak kishining ham o'ziga yarasha baxti bor. Tarixda juda ko'p oqila, buyuk ayollar o'tgan. Agar shu ayollardan: «Erkak bo'lib tug'ilishni istarmidingiz?» deb so'ralganida nima deb javob bergan bo'lishardi, bilasanmi? Chamamda, yo'q, istamayman, degan bo’lardi. O'g'il yoki qiz bo'lib tug'ilishning ahamiyati yo'q. Eng muhimi — har kim o'zidan, o'z ishidan rozi bo'lsin. Baxt mana shunda. Senga chin yurakdan muvaffaqiyat tilayman. Ahmad Tarbay. Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling