Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Xotinlaringiz sizlar uchun ekinzordir. Bas, ekinzoringizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering» (Baqara surasi, 223)


Download 158.58 Kb.
bet110/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

«Xotinlaringiz sizlar uchun ekinzordir. Bas, ekinzoringizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering» (Baqara surasi, 223).

Ya’ni, xohlasangiz old tarafdan, xohlasangiz orqa tarafdan, faqat bir o‘ringa – farjga.


Zero, u ziroatgoh, urug‘lik tashlaydigan o‘rin hisoblanadi. Orqa esa najosat o‘rnidir.
Orqaga yaqinlik qilish nopok, jirkanchli ishdir.

Mazkur oyatning nozil bo‘lish sababi quyidagichadir: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam zamonlaridagi yahudiylar: «Agar er xotinining oldiga orqa tomonidan yaqinlik qilsa, bola g‘ilay bo‘ladi», deyishar edi. Bu oyat ularning da’volarini inkor qilib tushgan.


«Xotinlaringiz ziroatgohingizdir. Bas, ziroatgohingizga xohlagan holatingizda yaqinlashavering». Xohlasa yuz tuban yotib, xohlasa yuz tuban yotmay, biroq bu ish bir o‘ringa qilinishi lozim» (Muslim rivoyati).

Bir rivoyatda: «Orqaga va hayz ko‘rayotganga yaqinlik qilishdan saqlaninglar», deyilgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Xotinining orqasiga yaqinlik qilgan kimsa mal’undir», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ayollarning orqalariga yaqinlik qiladigan kimsalarni Alloh la’natlasin» (Tabaroniy rivoyati).

Ko‘pgina johillar bu gunohni sodir etadilar. Bu ularning bilimi kamligi va ilmni tinglamasliklarining natijasidir. Shu sababli ham, Abu Dardo roziyallohu anhu: «Olim yoki ta’lim oluvchi yoki quloq soluvchi yoxud yaxshi ko‘ruvchi bo‘l. Beshinchisi bo‘lma, aks holda halok bo‘lasan», deganlar. Bu beshinchi bilmaydigan, ta’lim olmaydigan, tinglamaydigan va amal qiladiganlarni yaxshi ko‘rmaydigan kimsadir. Har bir banda barcha gunohu xatolari uchun Allohga tavba qilishi, ilgari bilmasdan qilgan gunohlarini afv etishini Allohdan astoydil so‘rashi va qolgan umrining ofiyatli bo‘lishini tilashi lozim.
Ey Allohim, biz Sendan din va dunyoyu oxiratda afvu ofiyat tilaymiz. Albatta, Sen rahmlilarning rahmlirog‘idirsan.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling