Hikoyat
Fuzayl ibn Iyoz o‘lim to‘shagida yotgan shogirdini ko‘rgani kelib, unga «shahodat»
kalimasini talqin eta boshladi. Biroq uning tili hech aylanmas edi. Kalimani yana takrorlagan edi: «Aytmayman, men undan begonaman», dedi. Fuzayl yig‘lagan ko‘yi u yerdan chiqib ketdi. Keyin oradan bir qancha vaqt o‘tgach, tushida shogirdining do‘zaxga sudrab olib ketilayotganini ko‘rdi. «Ey bechora, nima sababli ma’rifatdan judo bo‘lding?»
deb so‘ragan edi, u: «Ey ustoz, mening bir kasalim bor edi. Tabiblarga borgan edim, menga: «Har yili bir qadah xamr ichib turasan. Bo‘lmasa, kasaling tuzalmaydi», deyishdi. Har yili davolanish uchun undan ichib turar edim», deya javob berdi.
Davolanish uchun xamr ichgan kishining holi shu bo‘lsa, ko‘ngil hushi uchun ichadiganlarning ahvoli qanday bo‘larkin?! Allohdan barchamizni afu etishini va barcha balolardan omon saqlanishini so‘raymiz.
Hikoyat
Bir kishidan tavba qilishiga nima sabab bo‘lganini so‘rashganida, shunday dedi: «Men qabrlarga o‘g‘irlikka tushar edim. U yerda ayrim o‘liklar qiblaga ters bo‘lib qolganini ko‘rdim. Yaqinlaridan ularning nima qilganlari haqida so‘raganimda: «Ular dunyoda xamr ichgan va tavba qilmay vafot etgan edilar», deb javob berishdi».
Hikoyat
Bir solih kishi aytgan ekan: «Kichkina farzandim vafot etdi, uni dafn qilganimizdan so‘ng, oradan bir qancha vaqt o‘tgach, tushimda ko‘rdim. Sochi oppoq bo‘lib oqarib ketgan edi. «Ey o‘g‘lim, seni dafn etganimda yoshgina bola eding-ku. Nega soching oqarib ketdi?» deb so‘radim. U: «Ey otajon, yonimga xamr ichgan kishi dafn qilindi.
Uning kelganidan jahannam shunday oh urdiki, biron bola qolmay, barchasining sochi oqarib ketdi», deb javob berdi».
Allohdan barchamizni afu etishini va oxiratda azobga duchor qiladigan ishlardan omon saqlashini so‘raymiz. Har bir banda yomon holatda ekanida ajali yetib do‘zaxga uloqtirilmasidan oldin (Alloh saqlasin), Alloh taologa tavba qilishi lozim.
Ellik sakkizinchi gunohi kabira
Do'stlaringiz bilan baham: |