Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet120/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
140
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Oltmishinchi gunohi kabira
O‘LJAGA XIYONAT QILISH

Alloh taolo aytadi:


«Biron payg‘ambar uchun (urushdan tushgan o‘ljalarga) xiyonat qilish joiz emas. Kim xiyonat qilsa, qiyomat kunida (Allohning huzuriga) qilgan xiyonati bilan birga kelur» (Oli Imron surasi, 161).

Ya’ni, biron-bir payg‘ambar qo‘lga tushgan o‘ljadan biron narsani yashirincha o‘ziga olishi shariatga ham, aqlga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu ish payg‘ambarlik sha’niga sira-sira mos emas.

Endi kimki o‘ljadan biron narsaga xiyonat qilsa, qiyomat kunida o‘sha xiyonat qilgan narsasini bo‘ynida ko‘tarib keladi. Butun guvohlar oldida sharmandai sharmisor bo‘ladi.

«Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas» (Anfol surasi, 58) Ya’ni, Alloh ahdida turmaydigan, va’dasiga vafo qilmaydigan kimsalarni sevmaydi.

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni oldimizga chiqib, xiyonatni, uning ulkan gunohligini zikr qilib shunday dedilar: «Sizlardan birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida bo‘kirayotgan tuyani ko‘tarib kelganini ko‘rmayin.


U: «Yo Rasululloh meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida ot kishnayotgan holda ko‘rmayin U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men:
«Sen uchun biron ishga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman.
Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida ma’layotgan qo‘yni ko‘tarib kelayotganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida qichqirayotgan insonni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida qimirlayotgan (haq yoziladigan) qog‘ozni ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman. Birontangizni qiyomat kunida bo‘ynida tilla yoki kumush ko‘tarib kelganini ko‘rmayin. U: «Yo Rasululloh, meni qutqaring», deganida, men: «Sen uchun biron narsaga molik emasman. Senga yetkazgan edim-ku», deyman» (Muslim rivoyati).

Kimda-kim g‘animatchilar orasida taqsimlanmay turib, o‘ljadan, yoki imomning ruxsatisiz baytul moldan va yo yig‘ilgan zakotdan yuqoridagi hadisda zikr qilingan narsalardan birontasini olsa, qiyomat kunida o‘sha narsani bo‘ynida ko‘targan holda keladi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Ibn Latbiyani zakot yig‘uvchi qilib tayinlaganlarida, u kelib: «Bular sizlarga, bularni esa menga hadya qilishdi», degan edi.
Shunda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam minbarga ko‘tarilib, Allohga hamdu sano aytgach: «Allohga qasamki, sizlardan biron kishi haqi bo‘lmagan biron narsani olsa, u qiyomat kunida o‘sha narsani ko‘targan holda Allohga duch bo‘ladi. Sizlardan www.ziyouz.com kutubxonasi
141
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy birontangizni bo‘kirayotgan tuya yoki mo‘rayotgan sigir yo ma’layotgan qo‘y ko‘tarib, Allohga duch kelganini ko‘rmayin», dedilar. Keyin qo‘ltiqlarining oqi ko‘rinadigan darajada qo‘llarini ko‘tarib: «Ey Allohim, yetkazdimmi?» deb aytdilar (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Xaybarga chiqdik. Alloh bizga uni fath etdi. Biz tilla ham, kumush ham o‘lja olganimiz yo‘q. Har xil buyum, kiyim-kechak o‘lja oldik. So‘ng Quro vodiysiga yo‘l oldik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Bani Jizomlik bir kishi hadya qilgan qullari ham bor edi (U Bani Zobib qabilasidan bo‘lib, Rufo’a ibn Yazid deb atalar edi.) Vodiyga kelib tushganimizdan so‘ng, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilarida turib, ulovlarining tushovlarini yechayotgan edi. Shu payt unga paykon kelib tegdi va shu tufayli o‘ldi. Biz: «Yo Rasululloh, unga shahidlik muborak bo‘lsin», degan edik, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Yo‘q, Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, hali taqsimlanmagan o‘ljadan qolgan yopinchiq uni olov bo‘lib kuydiradi», dedilar.


Bundan odamlar vahimaga tushdi. Bir kishi bir yoki ikki dona bog‘ich olib kelib: «Xaybar kunida topib olgan edim», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olovli bog‘ich yoki olovli ikkita bog‘ich», dedilar» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati).

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mulozimlari orasida Karkara ismli bir kishi bor edi. U vafot etganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxdadir», dedilar. Odamlar borib uni ko‘zdan kechirdilar va junli yopinchiq (engsiz to‘n) topdilar. U yopinchiqni xiyonat qilib olgan edi» (Buxoriy rivoyati).

Zayd ibn Xolid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalaridan biri Xaybar kuni vafot etdi. Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga zikr qilishgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Sohibingizga janoza o‘qinglar», dedilar. Bundan odamlarning yuzlari o‘zgarib ketdi. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Sohibingiz Alloh yo‘lidagi (narsaga) xiyonat qildi», dedilar. Biz uning kiyimlarini taftish qilib, bir yahudiy bigizini topdik. U ikki dirham ham turmas edi»
(Molik, Ahmad, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyati).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Amirlarning hadyalari xiyonatdir», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

U zot sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Alloh tahoratsiz namozni ham, xiyonatdan bo‘lgan sadaqani ham qabul qilmaydi» (Muslim rivoyati).

Imom Ahmad roziyallohu anhu aytganlar: «Biz Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning xiyonatkor va o‘z joniga qasd qilgan kimsadan tashqari birontasining janozasini o‘qishdan bosh tortganini bilmaymiz».

Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U
marhamatli zotdir.



Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling