Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet122/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

YOLG’ON QASAM ICHISH

Alloh taolo aytadi:



«Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar uchun oxiratda hech qanday nasiba yo‘qdir. Qiyomat kunida Alloh ularga gapirmaydi, ularga (rahmat nazari bilan) boqmaydi va ularni (gunohlaridan) poklamaydi. Ular uchun alamli azob bordir» (Oli Imron www.ziyouz.com kutubxonasi
143
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy surasi, 77).

Vohidiy (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Mazkur oyat Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yer talashib kelgan ikki kishi xususida nozil bo‘lgan. Da’vogarlardan biri qasam ichmoqchi bo‘lganida, Alloh bu oyatni nozil qilgan va u qasam ichishdan bosh tortib, sherigining haqqi borligiga iqror bo‘lgan edi».

Ash’as roziyallohu anhu aytadilar: «Allohga qasamki, bu oyat men xususimda nozil bo‘lgan. Bir yahudiy bilan oramizda yer bor edi. U mening yerimni o‘ziniki deb da’vo qildi. Uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga boshlab bordim.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Daliling bormi?» deb so‘ragan edilar,
«Yo‘q», dedim. Yahudiyga: «Qasam ich», degan edilar, men: «Yo Rasululloh, u agar qasam ichsa, mening molim ketadi-ku», dedim. Shunda Alloh azza va jalla: «Allohga bergan ahd-paymon va qasamlarini ozgina qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...» deb boshlanuvchi oyatni nozil qildi» (Ahmad, Buxoriy, Muslim rivoyati).

Buxoriy va Muslimlar rivoyat qilishgan hadisda: «Kimki musulmon kishining moli xususida nohaq qasam ichsa, Allohga yo‘liqqanida U zot undan darg‘azab bo‘ladi», deyilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki (yolg‘on) qasam ichib musulmon kishining haqini o‘ziniki qilib olsa, batahqiq, Alloh unga do‘zaxni vojib qilib, jannatni harom qiladi», dedilar. «Yo Alloh, arzimagan narsa bo‘lsa hammi?» deb so‘rashgan edi, «Butaning bir novdasi bo‘lsa ham», deb javob berdilar (Muttafaqun alayh).

Hafs ibn Maysaraga: «Bu hadis naqadar shiddatli bo‘lmasa?!» deyishgan edi, u kishi:



Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling