Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
142 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Oltmish birinchi gunohi kabira MUSULMONLARNING NOZIK JIHATLARINI OCHISHAli roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni, Zubayrni va Miqdod ibn Asvadni yubora turib: «Xox nomli boqqa boringlar. U yerda bir cho‘rini uchratasizlar. Unda maktub bor. O‘sha maktubni olib kelinglar», dedilar. Biz yo‘lga tushdik. Otlarimizni choptirib, boqqa yetib bordik. U yerda cho‘rini uchratdik. Unga: «Maktubni chiqar», degan edik, u: «Menda hech qanday maktub yo‘q», dedi. «Yo maktubni chiqarib ber yoki kiyimlaringni yechib tintamiz», deganimizdan keyin turmaklangan sochining orasidan maktubni chiqarib berdi. Uni olib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga keltirdik. Unda: «Hotam ibn Abu Balta’adan Makka ahlining ayrim mushriklariga» deyilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ba’zi ishlari haqida xabar bergan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Hotam, bu nima?» deb so‘ragan edilar, u: «Yo Rasululloh, xulosa chiqarishga shoshilmang. Men Qurayshlik emasman. Faqat ular bilan qo‘shni edim. Siz bilan birga bo‘lgan muhojirlarning esa Makkada qolgan bola-chaqalarini himoya qiladigan qarindoshlari bor. Mening bunday nasab-qarindoshlarim bo‘lmagani bois ularga yaxshilik qilishni va buning evaziga u yoqda qolgan yaqinlarimni himoya qilishni xohladim. Bu ishni kofir va murtad bo‘lganimdan yoki Islomdan so‘ng kufrga rozi bo‘lganimdan qilmadim», dedi. Rasululoh: «U rostni aytdi», dedilar. Shunda Umar: «Yo Rasululloh, ijozat bering, men bu munofiqlarning kallasini olay», degan edilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U Badrda qatnashgan. Sen qaerdan bilasan, ehtimol Alloh Badr ahlining qay ahvolga tushganini bilgani bois: «Istagan ishinglarni qilinglar, sizlarni mag‘firat qildim», degandir», dedilar». Mazkur hadisda bayon qilinishicha, Umar roziyallohu anhu Hotam ibn Abu Balta’ani qilgan ishi uchun o‘ldirmoqchi bo‘lganlar. Biroq u Badr g‘azoti ishtirokchisi bo‘lgani bois, uni qatl etishni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam man qilganlar. Agar Islomning zaiflashishi, musulmonlarning qatl etilib, asirga olinib, talon-tarojga uchrashlariga josus-ayg‘oqchi sababchi bo‘lsa, u fasod tarqatuvchi, ekin va nasllarni halok etuvchilardan hisoblanadi. Binobarin, uni jazolash, qatl etish shart bo‘lib qoladi.
Chaqimchilik gunohi kabira hisoblansa, josusning chaqimchiligi yanada ulkanroq, kattaroq gunoh bo‘lishini har bir es-hushli odam yaxshi biladi. Alloh O‘z panohida saqlasin. Undan afv va ofiyat tilaymiz. U mehribon, har narsadan xabardor, marhamatli va saxovatli zotdir. Oltmish ikkinchi gunohi kabira Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling