Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
ODAMLARNING SIRLARIGA QULOQ TUTISH – JOSUSLIK
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- DUSHMAN HUJUMIDAN QOCHISH
ODAMLARNING SIRLARIGA QULOQ TUTISH – JOSUSLIK
Alloh taolo aytadi: «(O‘zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar...», degan (Hujurot, 12). www.ziyouz.com kutubxonasi 139 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ya’ni, bir kishi boshqa bir birodarining aybini qidirmasin. Alloh berkitgan narsani qilishga urinmasin. Mufassirlar: «Josuslik – musulmonlarning aybu nuqsonlarini qidirish», deganlar. Ibn Mas’ud roziyallohu anhuga: «Valid ibn Uqbaning soqolidan xamr tomib yuradi», deyishgan edi, u zot: «Batahqiq, biz josuslik qilishdan qaytarilganmiz. Biroq, uning rostdan ham ichuvchi ekani ma’lum bo‘lsa, uni jazolaymiz», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim bir qavmning gaplariga, ular yoqtirmasalar-da, quloq solsa, qiyomat kunida uning quloqlariga eritilgan qo‘rg‘oshin quyiladi». Allohdan O‘zi yaxshi ko‘rgan va rozi bo‘lgan ishlariga muvaffaq etishini so‘raymiz. U marhamatli, saxovatli zotdir. Ellik to‘qqizinchi gunohi kabira DUSHMAN HUJUMIDAN QOCHISHAlloh taolo aytadi:«Ey mo‘minlar, kofirlarning lashkariga duch kelganingizda (sanoqlari ko‘pligini ko‘rib) ularga orqa o‘girmanglar (ya’ni, qo‘rqib qochmanglar). Kimki o‘sha (urush) kunida jang yo‘sinini o‘zgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlarga) qo‘shilishdan tashqari holatda, ularga (kofirlarga) orqa o‘girib qochsa, bas, u Alloh tarafidan bo‘lan g‘azab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibat-a!» (Anfol surasi, 15–16) Ya’ni, ey iymon keltirganlar, sizlar kofirlar bilan jangga kirishganingizda, jang maydonini tashlab qochmanglar. Balki sabot bilan sabr-matonat ko‘rsatinglar. Faqat boshqa kofir toifaga hujum qilish yoki dushmanni aldash uchun hiyla ishlatib, qochganday ko‘rinib qayta hujum qilish, saflarni tartibga keltirish maqsadida yo bo‘lmasa, boshqa bir musulmon guruhga qo‘shilib, kuchlarni birlashtirish niyatida chekinsangiz, mayli. Kimki shu kabi maqsadlarsiz dushmandan qo‘rqib qochsa, u Allohning g‘azabiga duchor bo‘ladi va boradigan joyi jahannamdir. Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yettita halok qiluvchi gunohdan saqlaninglar», dedilar. «Yo Rasululloh, ular qaysilar?» deb so‘rashgan edi, «Allohga shirk keltirish, sehr, Alloh (o‘ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o‘ldirish, yetim molini yeyish, dushman bostirib kelgan kunda (jangdan) qochish va pokdomon mo‘mina ayollarni badnom qilish», deya javob berdilar» (Mutaffaqun alayh). Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar!» (Anfol surasi, 65) oyati nozil bo‘lgach, Alloh yigirmata musulmonga ikki yuzta dushmandan qochmaslikni farz qildi.
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling