Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet115/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
135
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Xamr bilan davolanish mumkin emas. Bu xususda mazkur hadislar so‘zimizga hujjat bo‘ladi:

Ummu Salama (roziyallohu anho) aytdilar: «Qizim betob bo‘lib qolgan edi, bir idishga xurmo solib qaynata boshladim. Shu vaqt Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam kirib keldilar va: «Bu nima?» deb so‘radilar. Men: «Qizim betob bo‘lib qoldi, buni unga tayyorlayotgan edim», deya javob berdim. Shunda u zot sollallohu alayhi vasallam:


«Alloh azza va jalla harom narsani davo qilmagan», dedilar (Abu Ya’lo, Bazzor rivoyati).

Voil ibn Hijr roziyallohu anhu aytadilar: «Toriq ibn Suvayd Ja’fiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan xamr haqida so‘ragan edi, uni taqiqladilar: «Uni davo uchun tayyorlayman, axir», degan edi, «U davo emas, aksincha, darddir», deya javob berdilar»


(Ahmad, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Rivoyat qiladilarki, kimning qalbida Allohning Kitobidan birgina oyat bo‘lsa-yu, u kimsa uning ustidan xamr quysa, qiyomat kuni shu oyatning har bir harfi kelib, o‘sha kimsani peshona sochidan tortadi-da, uni Alloh taboraka va taoloning huzuriga olib boradi va u bilan xusumatlashadi. Holbuki, Qur’on kim bilan bahslashsa, uni, albatta yengadi.


Qiyomat kunida xusumatchisi Qur’on bo‘lgan kimsaga vayl bo‘lsin.

Rivoyat qilishlaricha, qaysi bir jamoat bu dunyoda mast qiluvchi narsa ustida to‘plansalar, Alloh ularni do‘zaxda to‘playdi. Shunda ular bir-birlarini malomat qila boshlaydilar. Biri ikkinchisiga: «Ey falonchi, Alloh seni yaxshi mukofot bilan siylamasin.


Bu joyga tushishimga sen sababchi bo‘lding», desa, ikkinchisi uning o‘ziga shu gapni qaytaradi.

Rivoyat qiladilarki, kimda-kim bu dunyoda xamr ichsa, Alloh uni ilonlarning zahari bilan sug‘oradi. U hali ichmasidan turib, yuzidagi go‘shtlari idishga erib tushadi. Ichganidan keyin esa butun terisi-yu, go‘shtlari erib tushadi va do‘zax ahli undan ozorlanadi. Ogoh bo‘linglar, uni ichuvchi ham, siqtiruvchi ham, siquvchi ham, olib keluvchi ham, olib keltiruvchi ham, pulini yeyuvchi ham uning gunohiga sherikdirlar. Toki tavba qilmas ekanlar, Alloh ularning namozini ham, ro‘zasini ham, hajini ham qabul qilmaydi. Bordiyu, tavba qilmay vafot etsalar, bu dunyoda ichgan har bir qultum xamrlari evaziga jahannam yiringi bilan sug‘orishga Alloh to‘la haqli bo‘ladi. Ogoh bo‘linglar (bilib qo‘yinglar), har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir xamr haromdir.

Rivoyat qilinadiki, xamr ichuvchilar pulsirotga kelganlarida zaboniyalar (azob farishtalari) ularni tutib, Xobal daryosiga olib boradilar-da, ularni ichgan har bir qadah xamrlari evaziga bir qultumdan sug‘oradilar. Mabodo, uning bir qultumi osmonga to‘kilib ketsa, uning haroratidan osmonlar yonib ketadi. Alloh saqlasin.

Abdulloh ibn Abu Avfo (rahimahulloh): «Kimki xamrga mukkasidan ketgan holida vafot etsa, Lot va Uzzoga (mushriklar sig‘ingan butlar) ibodat qilgandek vafot etibdi», dedilar.


«Xamrga mukkasidan ketgan», deganda, ichmasa, turolmaydigan odamni nazarda tutyapsizmi?» deb so‘rashgan edi, «Yo‘q, oradan bir necha yil o‘tsa-da, topganda ichadigan kimsani», deya javob berdilar.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling