Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet114/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
133
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Xamr, shak-shubhasiz, barcha nopok ishlarning onasi bo‘lib, ko‘plab hadislarda uni ichgan odam la’natlangandir.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir va har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Kimki bu dunyoda xamr ichsa va uni ichishga odatlangan holda vafot etsa, oxirat sharobini ichmaydi» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Jobir roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir mast qiluvchi narsa haromdir. Mast qiluvchi ichimlikni ichgan kishini «Tiynatul xobal»dan (chiqindilar aralashmasi) sug‘orish xususida Alloh huzurida ahd, qat’iy qaror bor», dedilar. «Yo Rasululloh, «Tiynatul xobal» nima?» deb so‘rashgan edi, «Do‘zax ahlining terlari yoki do‘zax ahlidan ajralgan suyuqliklar», deya javob berdilar» (Muslim rivoyati).

Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Kim bu dunyoda xamr ichsa-yu, so‘ng u uchun tavba qilmasa, oxiratda sharobdan mahrum bo‘ladi» (Muslim rivoyati).

Ibn Abbos rivoyat qilinadi:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim xamrga mukkasidan ketgan holda Allohga yo‘liqsa, U zotga xuddi butparast singari yo‘liqibdi», dedilar» (Ibn Hibbon rivoyati).

Ya’ni, xamr ichishni halol deb bilgan kimsa butparast bilan barobardir.

Xamrga mukkasidan ketgan kimsa tavba qilmay vafot etsa, jannatga kirmasligi xususida Abu Dardo roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar:
«Xamrga mukkasidan ketgan kimsa jannatga kirmaydi!»

Boshqa bir hadisda: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiq qilgan kimsa», deyilgan (Imom Ahmad, Tabaroniy va Abu Ya’lo rivoyati).

Alloh mastning bironta yaxshiligini qabul qilmaydi. Bu xususda Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi va ularning bironta yaxshiligi osmonga ko‘tarilmaydi: qochoq qulning, to xo‘jayiniga qaytib, qo‘lini uning qo‘liga qo‘ymagunicha, erini g‘azablantirgan – norozi qilgan ayolning, to eri undan rozi bo‘lmagunicha va mastning, to o‘ziga kelmagunicha» (Tabaroniy, Ibn Hibbon, Ibn Huzayma, Bayhaqiy rivoyati).

Ibn Umar rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim xamr ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Bordiyu qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Yana ichsa, qirq tong uning namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qiladi. Mabodo, to‘rtinchi marta qaytib ichsa, qirq kungacha namozi qabul qilinmaydi. Agar tavba qilsa, Alloh tavbasini qabul qilmaydi. Alloh undan g‘azablanadi va uni Xobal daryosidan sug‘oradi», dedilar».

Bir kishi Ibn Umar roziyallohu anhudan: «Ey Abu Abdurahmon, Xobal daryosi nima?»
deb so‘ragan edi, u: «Do‘zax ahlining yiringlari oqadigan daryo», deb javob berdilar www.ziyouz.com kutubxonasi
134
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy (Termiziy, Hokim rivoyati).

Xamr ichgan kimsa uni ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmaydi. Bu xususda Abu Hurayradan quyidagi hadis vorid bo‘lgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:


«Zinokor mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘irlik qiladi. (Ichuvchi) mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq hali ham tavba taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib olganidek, Alloh undan iymonni yechib oladi» (Hokim rivoyati).

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiqlagan kimsa. Kimki xamrga mukkasidan ketgan holida vafot etsa, Alloh uni «Guvta» daryosidan sug‘oradi», dedilar. «Guvta» daryosi nima?»
deb so‘rashgan edi, «U fohishalarning farjlaridan oqadigan daryo bo‘lib, do‘zax ahliga ozor beradi», deya javob berdilar (Ahmad, Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyati).

Xamr sababli la’natlangan kimsalar xususida Ibn Umar roziyallohu anhumodan vorid bo‘lgan hadis hujjat bo‘ladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xamrni ham, uni ichuvchini ham, quyuvchini ham, sotib oluvchini ham, sotuvchini ham, tayyorlatuvchini ham, olib keluvchini ham, olib keltiruvchini ham la’natladi» (Abu Dovud rivoyati).

Ibn Mojaning rivoyatida: «Pulini yeyuvchini ham», deyilgan.

Ibn Abbos aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Oldimga Jabroil kelib: «Ey Muhammad, albatta Alloh xamrni ham, uni siqtiruvchini ham, siquvchini ham, ichuvchini ham, olib keluvchini ham, olib keltiruvchini ham, sotuvchini ham, sotib oluvchini ham, quyuvchini ham va quydiruvchini ham la’natladi», dedi» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati).

Xamr ichuvchilar kasal bo‘lsa, ziyorat qilinmaydi va ularga salom berilmaydi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: «Xamr ichuvchilar kasal bo‘lsa, ziyorat qilmanglar», deganlar.

Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Xamr ichuvchilarga salom bermanglar», deb aytganlar (Buxoriy rivoyati).

Rivoyatlarda keladiki: «Xamr ichuvchilar bilan birga o‘tirmanglar, kasal bo‘lsa, ziyorat qilmanglar va janozalariga qatnashmanglar. Zero, xamr ichuvchi qiyomat kunida yuzi qoraygan, tili ko‘ksiga osilgan, so‘lagi oqqan holda keladi. Uni ko‘rgan har bir kimsa undan jirkanadi va uning xamr ichuvchi ekanini bilib oladi».

Ba’zi ulamolar aytgan ekanlar: «Ularni ziyorat qilish va salom berish man qilinganining boisi, xamr ichuvchi mal’un, fosiqdir. Agar u sotib olib ichsa, ikki marta mal’un, bordi-yu, boshqa birovga ham quyib bersa, uch marotaba mal’un bo‘ladi. Agar tavba qilsalar, ularni ziyorat qilish va salom berish joizdir. Kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi.



Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling