Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet112/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

YO‘LTO‘SARLIK

Alloh taolo aytadi:


«Albatta, Alloh va payg‘ambariga qarshi urushadigan va yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradigan kimsalarning jazosi – o‘ldirilish yo dorga osilish yoki oyoq-qo‘llari teskarisiga (ya’ni, o‘ng qo‘l va chap oyoq yoki chap qo‘l va o‘ng oyoq) kesilishi yoxud o‘z yerlaridan surgun qilinishlaridir. Bu jazo ular uchun bu dunyoda rasvolik-sharmandalik bo‘lur. Oxiratda esa ular uchun ulug‘
azob bordir» (Moida surasi, 33).

Vohidiy (rahimahulloh) aytganlarki: «Alloh va payg‘amabariga qarshi urushadiganlar» –


ularga itoat etmay, osiylik qiladigan kimsalardir. Senga osiylik qiladigan har bir kishi senga qarshi urushuvchidir. «Yerda buzg‘unchilik qilish harakatida yuradiganlar» –
odamlarni o‘ldirib, mol-mulkini talon-taroj qiladigan, o‘g‘irlik qiladigan kimsalardir.

Mo‘minlarga qarshi qo‘liga qurol olgan har bir kimsa Alloh va payg‘ambariga qarshi urushuvchidir. Bu Molik, Avzoiy va Shofe’iylarning so‘zidir.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, «Oyatdagi «yoki» so‘zi ixtiyor uchun kiritilgan bo‘lib, ma’nosi mubohlikni anglatadi. Ya’ni, imom-hukmdor xohlasa qatl ettiradi, xohlasa dorga ostiradi, xohlasa surgun qiladi» (Hasan, Said ibn Musayyab va Mujohidlar shu so‘zni aytishgan).

Atiyyadan qilingan rivoyatda esa: «Yoki» mubohlikni anglatmaydi. Balki u jinoyatlar turiga qarab hukm martabasini anglatadi:


Kimki odam o‘ldirib, molini olsa, u o‘ldiriladi va dorga osiladi.
Kimki molni olsa-yu, odam o‘ldirmasa, uning qo‘li kesiladi.
Kimda-kim qon to‘ksa-yu, mollarga tegmasa, u o‘ldiriladi.
Kimki xafv solib tursa-yu, hech kimni o‘ldirmasa, u surgun qilinadi.
Bu Shofe’iy roziyallohu anhuning mazhabidir».

Shofe’iy roziyallohu anhu yana aytganlarki: «Har bir jinoyatchiga jinoyatiga yarasha jazo beriladi. Ya’ni, kimni o‘ldirish va osish lozim bo‘lsa, uni azoblash makruh bo‘lgani sababli, u avval o‘ldiriladi, so‘ng uch marta osiladi. Keyin tushiriladi.

Kimni faqat o‘ldirish lozim bo‘lsa, u o‘ldiriladi va dafn qilishlari uchun qarindoshlariga beriladi.
Kimniki kesish lozim bo‘lsa, dastlab o‘ng qo‘li kesiladi. Agar qaytib yana o‘g‘rilik qilsa, chap oyog‘i kesiladi. Mabodo, yana qaytib o‘g‘rilik qilsa, chap qo‘li kesiladi. Chunki Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo shunday qilishgan va bironta sahobiy ularga e’tiroz bildirmagan. Chap oyog‘i kesilishining sababi esa, qo‘ldan keyin oyoq kesilganda, chap oyoqni kesishga ittifoq qilingan bo‘lib, bu «teskarisiga» degan oyatning ma’nosidir.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling