Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
35 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu: «Masjid qo‘shnisi faqatgina masjidda namoz o‘qish lozim», dedilar. «Masjid qo‘shnisi kim?» deb so‘rashgan edi, «Azonni eshitadigan kishi», deya javob berdilar. Yana u zot roziyallohu anhudan naql qilinadi: «Kimki azonni eshitsa va biron bir uzrsiz unga kelmasa, uning namozi boshidan nariga ko‘tarilmaydi». Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu aytganlar: «Kimki ertaga Allohga musulmon bo‘lgan holda yo‘liqishni xohlasa, namozlarni azon aytilgan yerda muhofaza qilsin. Zero, Alloh taolo Payg‘ambaringiz sollallohu alayhi vasallamga hidoyat yo‘llarini belgilab berdi.
Ya’ni, u zaifligidan o‘zini tutolmas va ularga suyanib turardi. U bu ishni jamoat fazilatiga ishtiyoqli bo‘lgani va uni tark etsa, gunohkor bo‘lib qolishdan qo‘rqqani uchun qilardi. Ibn Munzir aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bir qancha sahobalari:
Ato, Ahmad ibn Hanbal va Abu Savrlar jamoatga hozir bo‘lishni farz deb bilishgan. Imom Shofe’iy rahmatullohi alayh: «Jamoat namoziga qodir kishi uchun biron-bir uzrsiz uni tark etishiga ruxsat bermayman», deganlar. Ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu hadisini zikr qilgandan keyin Xitobiy shunday degan: «Bu hadisda jamoat namoziga hozir bo‘lish vojibligiga hujjat bor. Agar u mandub (mustahab) bo‘lganida edi, undan qolishga Ibn Ummu Maktumga o‘xshagan kishilar, zaif va nochor odamlar haqli bo‘lishardi». Ato ibn Abu Raboh aytar edilar: «Shaharu qishloqdagi Alloh maxluqotlaridan birontasi uchun ham, agar azonni eshitsa, namozni o‘qimaslikka ruxsat yo‘q». Avzoiy aytganlarki: «Juma va jamoatni tark etishga buyursa, ota-onaga ham itoat qilinmaydi». Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling