Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet32/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
33
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy


«(O‘lchov va tarozidan) urib qoluvchi kimsalarga vayl bo‘lsin», degan».

Imom Buxoriy rivoyat qiladi: Huzayfa ibn Yamon ruku’ va sajdalarini to‘liq qilmasdan namoz o‘qiyotgan kishini ko‘rib, unga: «Sen namoz o‘qimading. Agar o‘lsang, Alloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tabiat qilib bergan fitratdan boshqasida o‘lgan bo‘lasan», dedilar.

Nasoiy rivoyat qilgan asarda kelishicha, Huzayfa roziyallohu anhu undan: «Necha yildan beri shunday namoz o‘qiysan?» deb so‘raganlar. «Qirq yildan beri», deya javob bergan.
Shunda ulug‘ sahoba: «Qirq yildan beri namoz o‘qimabsan. Agar namozni shu tarzda o‘qib vafot etsang, Muhammad sollallohu alayhi vasallam fitratidan boshqasida o‘lgan bo‘lasan», deganlar.

Hasan Basriy aytadilar: «Ey Odam farzandi, agar senga namozing qadrsiz bo‘lsa, u holda diningdagi qaysi narsa sen uchun aziz?! Holbuki, sen qiyomat kunida birinchi bo‘lib namozingdan so‘ralasan-ku!»

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Qiyomat kunida bandaning birinchi bo‘lib hisob-kitob qilinadigan amali namozidir. Agar namozi durust bo‘lsa, u, shak-shubhasiz, muvaffaqiyat qozonib najot topibdi. Agar namozi yaroqsiz-fosid bo‘lsa, u aniq muvaffaqiyatsizlikka uchrab ziyon ko‘ribdi. Agar biron farzida yetishmovchilik bo‘lsa, Alloh azza va jalla: «Qaranglarchi, bandamning farzlaridagi kamchiliklarini to‘ldiruvchi ixtiyoriy namozlari bormikan?» deydi. So‘ng qolgan amallari ham shu yo‘sinda bo‘ladi»
(Termiziy rivoyati).

Har birimiz farzlardagi nuqsonlarni to‘ldirishimiz uchun ko‘proq nafl namozlar o‘qishimiz lozim bo‘ladi. Tavfiq Allohdan.



O‘n beshinchi gunohi kabira

UZRSIZ JAMOAT NAMOZINI TARK ETISH

Alloh taolo aytadi:



«Boldir ochiladigan (ya’ni, og‘ir hisob-kitobga chog‘laniladigan) va ular (kofirlar) ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rab-egallab olgan hollarida sajda qilishga chorlanishib, (lekin sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang! Chunki hayoti dunyodalik paytlarida) ular sog‘-salomat bo‘lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo sajdaga qodir bo‘laturib, undan bosh tortar edilar)» (Qalam surasi, 42–43).

Bu hol qiyomat kunida ro‘y beradi. Ularni afsus-nadomat xorligi egallab oladi. Holbuki, ular bu dunyoda sajda qilishga chorlanar edilar.

Ibrohim Taymiy so‘zlari bilan aytganda, ular farz namozlariga azon va takbir bilan chorlanar edilar.


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling