Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki», deydi (Mo’uvn surasi, 4–5)


Download 158.58 Kb.
bet29/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki», deydi (Mo’uvn surasi, 4–5).

Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhudan namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar www.ziyouz.com kutubxonasi


30
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy haqida so‘raganlarida: «Vaqtini kechiktiradiganlar», deya javob berganlar.

Ular «namozxon», deb nomlandi. Biroq namozga beparvoliklari va vaqtidan kechiktirganlari sababli ularga vayl bilan tahdid solindi. Vayl – shiddatli azobdir. Yana aytiladiki, Vayl jahannamdagi vodiy bo‘lib, agar unga dunyodagi tog‘lar tushirilsa, harorati yuqoriligidan toshlari erib ketardi. U namozga beparvo bo‘lgan va uni vaqtidan kechiktirib o‘qigan kimsalarning maskanidir. Faqat Allohga tavba qilib, ilgarigi e’tiborsizligiga nadomat chekkanlar bundan mustasno.

Alloh taolo yana bir oyatda:

«Ey iymon keltirganlar, mol-dunyolaringiz ham, farzandlaringiz ham sizlarni Allohning zikridan chalg‘itib qo‘ymasin. Kim shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir», deydi (Munofiqun surasi, 9).

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to Alloh jonlarini olgunicha, (biror marta) namozni oxirgi vaqtiga qadar kechiktirganlari yo‘q» (Hokim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eng afzal amal qaysi, deb so‘ralganlarida: «Eng afzal amal – namozni vaqtida o‘qish, ota-onaga yaxshi munosabatda bo‘lish va jihod», deya javob berganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, kimki namozni vaqtida o‘qisa, tahoratni mukammal olgan, qiyomi, xushu’si, ruku’ va sajdalarini komil qilgan bo‘lsa, namoz oppoq, nurafshon bo‘lib ko‘tariladi va: «Meni saqlaganingdek, Alloh ham seni saqlasin», deydi.

Kimda-kim namozini vaqtidan boshqa paytda o‘qisa, tahoratni to‘liq olmasa, xushu’, ruku’ va sajdalarini komil qilmasa, namoz qop-qora, zulmatli bo‘lib ko‘tariladi va «Meni zoe qilganingdek, Alloh ham seni zoe qilsin», deydi. Hatto Alloh xohlagan joyga yetgach, xuddi eski kiyimga o‘xshab o‘raladi-da, uning yuziga uriladi.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Uch toifa odamning namozini Alloh qabul qilmaydi: qavm uni yoqtirmasa-da, ularga imomlik qiladigan kishining, namozga orqa tomondan keladigan ya’ni, namozni vaqti o‘tganidan keyin o‘qiydigan kishining va o‘zi ozod qilgan odamni qul qilib olgan kishining» (Abu Dovud, Ibn Moja rivoyati).

Rivoyat qilinishicha, kimda-kim ikki namozni uzrsiz jam qilib o‘qiydigan bo‘lsa, u gunohi kabira eshiklaridan birini ochgan bo‘ladi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, bir kishini Alloh azza va jallaning huzurida hozir qilishadi. Shunda uni do‘zaxga tashlashni buyuradi. «Ey Rabbim, nima uchun?» deb so‘raganida, Alloh taolo: «Namozni vaqtidan kechiktirganing va Mening nomim bilan yolg‘on qasam ichganing uchun», deydi.




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling