Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 158.58 Kb.
bet35/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Fasl


Jamoat namozining fazilati juda ulug‘. Alloh taoloning:

«Darhaqiqat, Biz (Lavhul-Mahfuzda) zikr qilgandan keyin Zaburda: «Albatta, (jannat) yeriga Mening solih bandalarim voris bo‘lurlar», deb yozib qo‘ygandirmiz» (Anbiyo surasi, 105), oyatining tafsirida «ular besh vaqt namozni www.ziyouz.com kutubxonasi
36
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy jamoat bilan ado qiladigan zotlar», deyilgan.

«... va ularning qilgan ishlarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo‘yurmiz»
(Yosin surasi, 12), oyatiga ko‘ra, Alloh namozxonlarning bosgan qadamlarini yozib qo‘yadi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kishining jamoat bilan o‘qigan namozi uyi va bozorida o‘qigan namozidan yigirma besh barobar ortiq bo‘ladi. Bu shundayki, agar tahoratni chiroyli qilsa, so‘ng masjidga faqat namoz uchungina borsa, uning har bir bosgan qadami sababli darajasi ko‘tarilib, xatosi o‘chiriladi. Agar namoz o‘qisa, modomiki joynamozida turar, tahorati buzilmas ekan, farishtalar uning haqiga: «Ey Alloh, uni salomat qil, unga rahm ayla», deya salovot aytib turishadi. Modomiki, namozni kutib turar ekan, u namozda, deb e’tibor qilinadi» (Muttafaqun alayh).

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga u sababli Alloh xatolarni o‘chiradigan, darajalarni ko‘taradigan narsani ko‘rsataymi?» dedilar. «Ha, yo Rasululloh», deyishdi».
«Yoqmay turganiga qaramasdan, mukammal tahorat olish, masjidlarga ko‘p qadam ranjida qilish va bir namozdan keyin boshqa namozga intizor bo‘lish. Bu sizlar uchun (mahkam ushlashingiz lozim bo‘lgan) arqondir», dedilar.

Xususan, bomdod va xufton namozini jamoat bilan o‘qishga alohida e’tibor berilgan.


Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Munofiqlarga bomdod va xufton namozidan ko‘ra og‘irroq namoz yo‘q. Agar ularda nima (qanchalik ajr) borligini bilganlarida edi, garchi emaklab bo‘lsa ham, ularga kelgan bo‘lardilar» (Muttafaqun alayh).

Ibn Umar aytadilar: «Agar xufton va bomdod namozida biron kishini topa olmay qolsak, u haqda yomon gumonga borar edik». Ya’ni, u munofiq ekan, deb o‘ylardik (Hokim rivoyat qilgan).

Robe’ ibn Xaysamning bir tarafi falaj bo‘lib, ishlamay qoldi. U zot ikki kishiga suyanib, namozga chiqadigan bo‘ldi. Unga: «Ey Abu Muhammad, siz uzrlisiz-ku. Uyingizda namoz o‘qishingizga ruxsat berilgan-ku», deyishganida, «Gapingiz to‘g‘ri. Lekin men muazzinning: «Namozga shoshilinglar, najotga shoshilinglar», deganini eshitaman.
Kimki unga emaklab yoki sudralib bo‘lsa-da, javob berishga qodir bo‘lsa, shu ishni qilsin», deya javob berdilar.

Hotamul Asom aytadilar: «Men bir marta jamoat namozini o‘tkazib yubordim. Faqat Abu Ishoq Buxoriygina menga ta’ziya bildirdi. Agar bolam o‘lganida edi, menga o‘n mingdan ko‘proq kishi ta’ziya izhor qilgan bo‘lardi. Chunki, odamlarning nazdida din musibati dunyo musibatidan yengilroqdir».

Ba’zi salaflar aytgan ekanlar: «Kishilar qilgan gunohi sababligina jamoat namozini o‘tkazib yuboradi».

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kuni Umar roziyallohu anhu xurmozoriga chiqdi. Qaytib kelganda odamlar asr namozini o‘qib bo‘lishgan edi. Umar roziyallohu anhu: «Albatta, biz Allohnikimiz va biz Unga qaytguvchimiz. Asr namozini www.ziyouz.com kutubxonasi


37
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy jamoat bilan o‘qishdan kechikib qolibman. Sizlar guvohsizlar, xurmozorim miskinlarga sadaqa», dedilar. U zot qilgan ishiga kafforat bo‘lishi uchun shunday qildilar».


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling