Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Mute’ ayolning fazilati va osiy ayolning uqubati xususida


Download 158.58 Kb.
bet76/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

Fasl


Mute’ ayolning fazilati va osiy ayolning uqubati xususida Alloh taolodan qo‘rquvchi ayol Allohga va eriga astoydil itoat qilishi, roziligini qozonishga jiddu jahd bilan harakat qilishi lozim. Zero, er ayolning jannati yoki do‘zaxidir.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Qaysi ayol vafot etsa-yu, eri undan rozi bo‘lsa, jannatga kiradi» (Termiziy, Hokim rivoyati).

Boshqa bir hadisi sharifda: «Agar ayol besh vaqt namozini o‘qisa, farjini – iffatini saqlasa www.ziyouz.com kutubxonasi
85
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy va eriga itoat qilsa, jannatning istagan eshigidan kiradi», deyilgan (Ibn Hibbon rivoyati).

Rivoyat qilinadiki, eriga itoatkor ayol haqiga, modomiki eri undan rozi bo‘lar ekan, havodagi qushlar, suvdagi baliqlar, osmondagi farishtalar hamda quyosh va oy istig‘for aytadi.

Qaysi bir ayol eriga osiylik qilsa, unga Allohning, farishtalarning va barcha insonlarning la’nati yog‘iladi.

Qaysi bir ayol erining yuziga xo‘mrayib qarasa, to eriga tabassum qilib, ko‘nglini olmagunicha, Alloh undan norozi bo‘ladi.

Qaysi bir ayol uyidan erining ruxsatisiz chiqsa, to qaytgunicha, unga farishtalar la’nat aytishadi.

Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Do‘zaxga boqib, uning ko‘pchilik ahli ayollar ekanini ko‘rdim».

Buning sababi ayollar Alloh va rasuliga hamda erlariga kam itoat qilib, ko‘p yasan-tusan qilishlaridir. Ya’ni, ular ko‘chaga chiqqanlarida pardoz-andoz qilib, o‘zlariga zeb berib, chiroyli, yaltir-yultir kiyimlarini kiyib, begona erkaklarni fitnaga solib yuradilar. Shuning uchun ham Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ayol kishi avratdir. Agar u uyidan chiqsa, shayton unga ko‘z tikadi», deganlar (Tabaroniy rivoyati).

Ayol qanchalik uyida muqim bo‘lsa, shunchalik Allohga yaqin bo‘ladi.

Boshqa bir hadisi sharifda shunday deyilgan: «Ayollar avratdir. Bir ayol uyidan chiqadi va uning xayolida yomonlik bo‘lmaydi. Biroq shayton unga ko‘z tikadi va: «Sen qaysi erkakning oldidan o‘tsang, uni ajablantirding», deydi. Aniqki, bir ayol kiyimlarini kiyib oladi. Unga: «Qayoqqa ketyapsan?» deyilsa, u: «Kasalni ko‘rib kelaman» yoki
«Janozaga qatnashaman» va yo «Masjidda namoz o‘qiyman», deydi. Holbuki, hech bir ayol Rabbiga uyda ibodat qilganidek ibodat qilgan emas» (Tabaroniy rivoyati).

Shayton ayolning yelkasiga minib olishining sababi – u uyidan tashqariga chiqqan va shayton o‘ziga hokim bo‘lib olishiga yo‘l ochib bergan. Hech bir ayol Rabbiga ibodat qilib, eriga itoat qilib, uyida o‘tirganichalik, Alloh roziligini qozonishga intilmagan.

Ali roziyallohu anhu ayollari Fotimadan: «Ey Fotima, ayol kishi uchun eng yaxshi narsa nima?» deb so‘raganlarida, u zoti sharifa: «U (begona) erkaklarni ko‘rmasligi va (begona) erkaklar uni ko‘rmasligi», deya javob berganlar.

Ali roziyallohu anhu: «Uyalmaysizlarmi? Rashkingiz kelmaydimi?! Xotiningiz erkaklar orasiga chiqib yurishiga imkon berasizlar-da, yana u ularga qaraydi, ular unga qaraydi, deysizlar», der edilar.

Ummu Salama roziyallohu anho aytadilar: «Maymuna ikkimiz (bular Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ayollardir) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Bir payt Ibn Ummu Maktum kela boshladi. Bu voqea hijobga buyurilganimizdan keyin bo‘layotgan edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Undan www.ziyouz.com kutubxonasi
86
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy hijoblaninglar (o‘zingizni parda ortiga olinglar)» dedilar. Biz: «Yo Rasululloh, u kishi ko‘r emasmi? Bizni ko‘rmaydilar-ku», degan edik, u zot: «Nima, sizlar ham ko‘rmaysizlarmi?
Uni ko‘rmayapsizlarmi?» dedilar» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati).

Erkaklar nomahram ayollardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlaridek, ayollar ham nomahram erkaklardan ko‘zlarini tiyishga buyurilganlar.

Mabodo, ayol kishi ota-onasini yoki qarindoshlarini ziyorat qilish, hammomga borish kabi zaruriy ishlar uchun tashqariga chiqishga majbur bo‘lsa, yasan-tusan qilmasdan, o‘ziga oro bermasdan, keng, qalin kiyim kiyib, erining ruxsati bilan chiqsin. Yo‘lda ketayotganida u yoq-bu yoqqa alanglamasdan, yerga qarab, yo‘l chetidan yurishi lozim.
Illo, osiy bo‘ladi.

Hikoya qilishlaricha, bir ayol uyidan tashqariga chiqqanda yasan-tusan qilib yurar edi. U


vafot etgach, qarindoshlaridan biri tushida uni ko‘ribdi. U Alloh azza va jalla huzuriga yupqa kiyimda boribdi. Shu payt birdan shamol esib, ayol ochilib qolibdi. Alloh taolo undan yuz o‘giribdi-da: «Uni chap tomonidan ushlab do‘zaxga tashlanglar. U dunyoda yasan-tusan qiluvchilardan edi», debdi.

Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Bironta ayol dunyoda eriga ozor bersa, u (kishi)ning hurul iynlardan bo‘lgan xotini: «Alloh halok qilgur, unga ozor berma. U sening oldingda vaqtincha mehmon xolos. U yaqinda sendan ajrab, bizga keladi», deydi» (Termiziy rivoyati).




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling