Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ular bilan xushmuomala bo‘lib, tinch-totuv yashanglar» (Niso surasi, 19).
FaslAyol eriga itoat etishga, roziligini qozonishga buyurilganidek, er ham xotiniga ehson qilishga, lutf-marhamat ko‘rsatishga, uning ayrim nojo‘ya harakatlariga sabr qilishga, yaxshi, tinch-totuv yashash, yedirib-ichirish va kiydirish kabi haqlarini ado etishga buyurilgan. Alloh taolo aytadiki: «Ular bilan xushmuomala bo‘lib, tinch-totuv yashanglar» (Niso surasi, 19). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Ogoh bo‘linglar, ayollarga doimo yaxshi munosabatda bo‘linglar. Ular sizlarning qo‘l ostingizdagi asirlar, xolos. Bundan boshqa ularning biron narsasiga egalik qila olmaysizlar. Magar ular ochiq fahsh ishni qilsalar (unda haqqingiz bor). Agar itoatsizlik qilsalar, ularni yotoqlarida tark etinglar, so‘ngra jarohat yetkazmaydigan qilib uringlar. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo‘l axtarmanglar. Ogoh bo‘linglarki, ayollaringiz ustida sizlarning haqqingiz bor va sizlarning ustingizda ayollaringizning haqqi bor. Ular ustidagi haqlaringiz – to‘shagingizni siz yoqtirmaydigan kimsaga bostirmasligi va siz yoqtirmaydigan kimsani uyingizga kiritmasligidir. Sizning ustingizdagi haqlari – ularga kiyimlari va taomlarini ehson qilishingiz» (Ibn Moja, Termiziy rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Yaxshilaringiz ahliga yaxshi bo‘lganlaringizdir», dedilar (Ibn Hibbon rivoyati). www.ziyouz.com kutubxonasi 87 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mo‘minlarning iymoni eng mukammali xulqi go‘zalroq bo‘lganidir. Yaxshilaringiz xotinlariga yaxshi bo‘lganlaringizdir» (Termiziy, Ibn Hibbon rivoyati). Asarda kelganki: «Qaysi erkak xotinining yomon xulqiga sabr qilsa, Alloh unga Ayyubga (a.s.) balolari evaziga berilgan miqdorda ajr beradi. Qaysi ayol erining yomon xulqiga sabr qilsa, Alloh unga Fir’avn xotini Osiyo binti Muzoximga berilgan miqdorda ajr beradi». Rivoyat qilishlaricha, bir kishi Umar ibn Xattob roziyallohu anhuga xotinining xulqi yomonligidan shikoyat qilish uchun keldi. Umarning eshigi yoniga kelib, chiqishini kutib turdi. Shu payt Umarga xotini qattiq-qattiq gapirayotganini eshitdi. U kishi esa hech bir so‘z qaytarmay, jim turardi. Haligi kishi: «Amiral mo‘minin bo‘laturib, yana shunchalik shiddati va salobati bilan Umarning holi shu bo‘lsa, mening ahvolim nima bo‘lardi?» deb iziga qaytdi. Shu vaqt Hazrati Umar uyidan chiqdilar va haligi kishining qaytib ketayotganini ko‘rib yoniga chorladilar-da: «Nima ehtiyojing bor?» deb so‘radilar. U «Ey amiral mo‘minin, xotinimning xulqi yomonligidan, tili uzunligidan sizga shikoyat qilish uchun kelgan edim. Qarasam, sizning xotiningiz ham shunday ekan. O‘zimcha, amiral mo‘mininning holi shu bo‘lsa, mening ahvolim nima bo‘lardi, dedim», deya javob berdi.
Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling