Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


«Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz!» (Baqara surasi, 222)


Download 158.58 Kb.
bet75/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

«Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz!» (Baqara surasi, 222).

Rivoyat qilinadiki: «Kimda-kim hayzli ayolga yoki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa yoxud folbinga borib, gapini tasdiqlasa, batahqiq, u Muhammad sollallohu alayhi www.ziyouz.com kutubxonasi


84
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy vasallamga nozil qilingan narsaga kufr keltiribdi».

Boshqa bir hadisda: «Ayollarining orqalariga yaqinlik qiladigan kimsalarni Alloh la’natlaydi», deyilgan (Tabaroniy rivoyati).

Xullas, xotin uzrli holatida eri yaqinlik qilishni xohlasa, bo‘ysunmasligi, bundan boshqa barcha holatda itoat etishi lozim.

Yana ayol bilib olishi lozimki, u o‘z nafsida va erining molida undan izn so‘ramay turib, tasarruf qila olmaydi. Erining haqqi o‘zining haqqidan, eri qarindoshlarining haqqi o‘z qarindoshlari haqqidan muqaddam turadi. Eri u bilan huzurlanishi uchun, poklik-tozalikka e’tibor bergan holda tayyor bo‘lishi lozim. Husn-jamoli bilan eriga takabburlik qilmasligi, mabodo eri xunuk bo‘lsa, uni ayblamasligi darkor.

Asma’iy aytadilar: «Sahroyi arablar makoniga borgan edim. U yerda bir er-xotinni uchratdim. Xotin go‘zal, eri esa xunuk edi. Xotindan: «Mana shunday kishining qo‘l ostida yashashga qanday rozi bo‘lding?» deb so‘ragan edim, u: «Yaxshilab eshitib ol, ehtimol erim o‘zi bilan Yaratuvchisi – Alloh orasini yaxshi qilgandir-u, meni unga mukofot qilib bergandir. Ehtimol, men osiylik qilgandirman-u, uni menga jazo qilib bergandir», dedi.

Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Ey ayollar jamoasi, agar erlaringizning sizlarning ustingizdagi haqlarini bilganingizda edi, sizlardan har bir ayol erining oyoqlaridagi changni yuzining yonoqlari bilan artib qo‘ygan bo‘lardi».

Rivoyat qilinadiki: «Sizlarning jannatdagi ayollaringiz – har bir suyuvchiyu bolajon (serfarzand) ayollardir. Mabodo g‘azablansa, yoki unga yomon muomala qilinsa va yo eri g‘azablansa: «Qo‘lim qo‘lingizda, to rozi bo‘lmaguningizcha, kiprik qoqmayman», deydi».

Shuningdek, ayol eridan doimo hayo qilishi, uning huzurida yerga boqib turishi, buyrug‘iga itoat qilib, gapirayotganda sukut saqlashi, kirib kelganida yoki chiqib ketayotganida o‘rnidan turishi, unga yoqmaydigan barcha narsalardan uzoq bo‘lishi, uxlashi oldidan unga o‘zini arz qilishi, unga to‘shagi va mol-mulkida xiyonat qilmasligi, doimo pokiza bo‘lishi, misvok ishlatishga odatlanishi, u hozir bo‘lganda o‘ziga zeb berib, xushbo‘yliklar sepib, yo‘qligida ziynatni tark etishi, uning ahli va qarindoshlarini izzat-ikrom qilishi, ozgina narsasini ko‘p o‘rnida ko‘rishi vojib bo‘ladi.




Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling