Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/156
Sana24.09.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1687029
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

mukofot berajakmiz» (Niso surasi, 114). 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Ummu Habiba roziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Odam farzandining har bir kalomi o‘ziga ziyondir. Magar yaxshilikka buyurish 
yo yomonlikdan qaytarish yoki Allohni zikr qilish bundan mustasno» (Termiziy, Ibn Moja 
rivoyati). 
Rivoyat qilinishicha, bir kishi Sufyon Savriyga yuqoridagi hadis haqida: «Bu hadis juda 
shiddatli ekanmi?!» deganida, u zot: «Alloh taoloning: «Ularning ko‘p maxfiy 
suhbatlarida hech qanday yaxshilik yo‘q. Magar sadaqa berishga yo biron yaxshilik 
qilishga yoki odamlar orasini isloh qilishga...» degan kalomini eshitmaganmisan? Bu 
oyatga o‘sha hadis monanddir», deya javob berganlar. 
Hadisi sharifda aytiladiki: «Yaxshilikni oshirib yoki yaxshi gapirib odamlar orasini isloh 
qiladigan kishi yolg‘onchi emas» (Buxoriy rivoyati). 
Ummu Gulsum aytganlar: «Uch o‘rindan tashqari odamlar gapiradigan biron narsada 
(yolg‘onga) ruxsat berilganini eshitmadim». Uch o‘rin – urush, odamlar orasini isloh 
qilish va erning xotiniga yoki xotinning eriga oilani saqlab qolish uchun gapirishida 
ruxsat berilgan. 
Sahl ibn Sa’d Soidiy roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallamga Amr ibn Avf qabilasi orasiga sovuqchilik tushgani xabari keldi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam sahobalari hamrohligida ular orasini isloh qilish uchun yo‘lga 
tushdilar» (Buxoriy rivoyati). 
Rivoyat qilishlaricha, namozga borish, nizolashganlar orasini isloh qilish yoki 
musulmonlar orasida joiz qasam ichishdan ko‘ra afzalroq amal yo‘q. 
Yana rivoyat qilishlaricha, kimda-kim ikki kishi orasini isloh qilsa, Alloh uning ishini isloh 
qiladi, gapirgan har bir so‘zi evaziga bir qul ozod qilganlik savobini beradi va u gunohlari 
kechirilgan holda qaytadi. 
Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning 
rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla. 
O‘ttiz uchinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling