Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
120 buyuribdi. Kampir kelib kulbasi buzilganini ko‘rib, hammasini surishtirib bilgach, boshini osmonga ko‘tarib debdi: «Ey Parvardigoro, men bu yerda bo‘lmagan ekanman, Sen qaerda eding?» So‘ng Alloh Jabroilga qasrni ichidagi kishilari bilan qo‘shib ag‘darib tashlashni buyurgan edi, u darhol buyruqni bajardi». Xolid ibn Barmak va o‘g‘li hibsga olinganida o‘g‘li: «Kechagina aziz edik, bugun esa kishanlangan mahbusmiz» degan edi, Xolid: «Ey o‘g‘lim, mazlumlar tuni bilan duoibad qilgan. Biz undan g‘aflatda bo‘lganmiz. Alloh esa g‘ofil emas», dedi. Yazid ibn Hakim aytar ekan: «Bir kishidan qo‘rqqanimdek boshqalardan sira qo‘rqmaganman. Men unga Allohdan o‘zga yordamchi yo‘qligini bilaturib zulm qilgan edim. U esa: «Alloh menga kifoya. Sen bilan mening oramizda Alloh (hakam)dir», der edi». Abu Atohi ismli shoirni Rashid hibsga oldi. Shoir unga qamoqdan quyidagi ikki baytni yozib yubordi: «Allohga qasamki, zulm – yomonlik, Yomon kimsa esa zolimdir, so‘zsiz. Ey zolim, ertaga Alloh oldida «Malomat» tutingay senga og‘a, do‘st...» Zikr etishlaricha, Kisro (fors podshohi) o‘g‘liga ta’lim-tarbiya beradigan ustoz tayin qildi. Bola fazlu odobda barkamol bo‘lib o‘sdi. Bir kuni ustozi uni qattiq urdi. Bola esa katta bo‘lguncha, ustoziga nisbatan ich-ichidan kek saqlab yurdi. Uning xayolidan o‘sha sababsiz urilgan zarba ketmasdi. Otasi o‘lib taxtga chiqqach, birinchi ustozini yoniga chorladi: – Falon, falon kuni hech bir sababsiz, aybim bo‘lmasa-da, meni qattiq urgan edingiz. Bunga sizni nima majbur qildi? – Ey podshoh, fazlu odobda kamolga yetganingizga, siz otangizdan so‘ng taxtga o‘tirishingizni bilgan edim. Shuning uchun sizga kaltak og‘rig‘ini, zulm alamini tottirishni xohladim, toki biron kimsaga ham zulm qilmagaysiz. Podshoh bu javobdan mamnun bo‘lib: «Alloh sizga yaxshi mukofotlar ato etsin», dedi va sovg‘a-salom bilan kuzatib qo‘ydi. Fasl Qurbi yetaturib, qarzini to‘lamay yurish ham katta zulmdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Boyning (qarzni to‘lashni) paysalga solishi zulmdir» (Muttafaqun alayh). Yana bir rivoyatda: «Qodir odamning (qarzni to‘lashni) paysalga solishi zulm bo‘lib, uning sha’niga yomon gap aytish va jazolash (hibsga olish) halol bo‘ladi», deyilgan (Ibn Hibbon, Hokim rivoyati). Fasl Ayolning mahr, nafaqa, kiyim-kechak ta’minoti kabi haqlariga tajovuz qilish ham |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling