Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
MUSIBAT CHOG'IDA HADDIDAN OSHISH
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
MUSIBAT CHOG'IDA HADDIDAN OSHISH
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Yuzlariga uradigan, yoqalarini yirtadigan Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 43 va johiliyat da’volari bilan baqirib-chaqiradigan kimsalar bizdan emas» (Buxoriy rivoyati). Abu Burda roziyallohu anhu aytadilar: «Abu Muso Ash’ariy dardga chalindilar. Boshlarini ayolining tizzasiga qo‘ygan holda hushlaridan ketdilar. Ayoli zorlanib dod-voy qila ketdi. Uni biron yo‘sin bilan qaytarishga qurblari yetmadi. O‘zlariga kelgach: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pok-begona bo‘lgan kimsalardan pokman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, musibat chog‘ida dod-voy solib baqiradigan, sochlarini yuladigan va kiyimlarini yirtadigan ayollardan pokdirlar», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Mazkur hadisda bayon qilingan noo‘rin xatti-harakatlar harom ekanligiga ulamolar ittifoq qilishgan. Xuddi shuningdek, sochini yoyib olish, yanoqlariga shapatilash, yuzini yumdalash va o‘ziga o‘lim – halokat tilash ham haromdir. Ummu Atiyya (roziyallohu anho) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan bay’at chog‘ida dod-voy solib yig‘lamaslikka ahd olganlar» (Buxoriy rivoyati). Sarvari olam sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Insonlar o‘zlaridagi narsa sababli kofir bo‘ladilar, nasabga ta’na qilish va mayyitga dod-voy solib yig‘lash» (Muslim rivoyati). No‘mon ibn Bashir roziyallohu anhu aytadilar: «Abdulloh ibn Ravoha hushlaridan ketdilar. Singlisi yig‘lab: «Ey tog‘im, ey falonim, ey fistonim», deya sanay ketdi. U zot hushlariga kelgach: «Sen nima degan bo‘lsang, mendan «Sen shunaqamisan?» deb so‘rashdi», dedilar». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Dod-voy solib yig‘laganliklari sababli mayyit qabrida azoblanadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi odam o‘lsa-yu, uning yig‘lovchilari: «Ey suyangan tog‘im, ey sayyidim», desa yoki shu kabi so‘zlarni aytsa, mayyitga ikki farishta vakil qilinadi-da, ko‘kragidan itarishib: «Sen shunaqamisan?» deb so‘rashadi» (Termiziy rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yana aytganlar: «Dod solib yig‘lovchi ayol agar o‘lmasidan oldin tavba qilmasa, qiyomat kunida qatrondan (qora yelimdan) ko‘ylak va qora qo‘tirdan sovut kiygan holda turg‘aziladi» (Muslim va Ibn Moja rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Men ikki ahmoqona, gunohkorona ovozdan qaytarildim: xursandchilik vaqtdagi ovoz – o‘yin-kulgi va shayton surnayi (nag‘masi) hamda musibat chog‘idagi ovoz, yuzni yumdalab, yoqani yirtish va zorlanish» (Termiziy rivoyati). Abu Said Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dod solib yig‘lovchi va unga quloq soluvchi ayollarni la’natlaganlar» (Abu Dovud rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ikki ovoz dunyo va oxiratda la’natlangandir: ne’mat – xursandchilik vaqtidagi nag‘ma va musibat chog‘idagi zorlanish» (Bazzor rivoyati). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling