Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar!
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Va, albatta, sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda
«Ey mo‘minlar, sabr qilish va namoz o‘qish bilan (Mendan) madad so‘ranglar!
Albatta Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir» (Baqara surasi, 153). Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytganlar: «Alloh taolo: «Men sizlar bilan birgaman, sizlarga yordam beraman, o‘z holingizga tashlab qo‘ymayman», deyapti». «Va, albatta, sizlarni xavfu xatar, ochlik, molu jon va meva-chevalarni kamaytirish kabi narsalar bilan imtihon qilamiz. Biror musibat kelganda: «Albatta, Biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz», deydigan sabrli kishilarga xushxabar bering! Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir. Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» (Baqara surasi, 155–157). «Sizlarni imtihon qilamiz» jumlasining ma’nosi «sizlarga imtihon qiluvchidek muomalada bo‘lamiz», deganidir. Chunki Alloh taolo barcha ishlarning oqibatini biladi, oqibat – natijani bilish uchun imtihon qilib ko‘rishga muhtoj emas. Endi kimki sabr qilsa, sabriga yarasha savob oladi, sabr qilmasa, savobga ega bo‘lmaydi. «... xavfu xatar va ochlik bilan», degani dushman xavfi hamda ocharchilik va qurg‘oqchilik bilan, deganidir. Molga ziyon yetishi, talofatga uchrashi, chorvalarning halok bo‘lishi molni kamaytirish bo‘lsa, o‘lish, qatl etilish, kasalga chalinish va keksayish jonni kamaytirishdir. Meva- chevalarni kamaytirish esa meva-chevayu, ekin-tikinlarga ofat yetishi, hosilning kamayib ketishi bilan bo‘ladi. Oyat musibatlarga sabr qilgan kishi Alloh taoloning savobiga musharraf bo‘lishi haqidagi xushxabar bilan xotimalangan. Ushbu baxtiyor zotlar mazkur musibatlardan birontasiga Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 45 duchor bo‘lgan vaqtlarida: «Albatta, biz Allohning bandalarimiz va, albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz», deyishadi. Ya’ni, biz Allohning qullarimiz, bizning ustimizda xohlagandek tasarruf qiladi va biz oxir oqibat U zot huzuriga, hukmiga qaytamiz. Said ibn Musayyabdan rivoyat qilindiki, Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytdilar: «Naqadar yaxshi ikki bashorat va qanday ham yaxshi ilova. «Ana o‘shalarga Parvardigorlari tomonidan salovot (mag‘firat) va rahmat bordir» – bu ikki bashorat, «Ana o‘shalar haq yo‘lni topguvchilardir» – bu ilova». Said ibn Jubayr aytganlar: «Darhaqiqat, musibat chog‘ida bu ummatga ilgarigi payg‘ambarlarga berilmagan narsa – «Albatta, biz Allohning (bandalarimiz) va, albatta, biz U zotga qaytguvchilarmiz» iborasi berilgan. Mabodo payg‘ambarlarga berilganda edi, Yo’qub alayhissalomga ham berilgan bo‘lardi. U zot o‘g‘lini yo‘qotganda: «Ey bechora Yusuf-a», degan edilar (Yusuf surasi, 84). Ulamolar aytishganki: «Baland ovozda quyushqondan chiqib yig‘lash haromdir. Dod-voy solmasdan, qichqirmasdan yig‘lash harom emas». Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhuni ko‘rgani bordilar. Abdurahmon ibn Avf, Sa’d ibn Abu Vaqqos va Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhumlar ham u zot bilan birga edilar. Rasuli akram ko‘zlariga yosh oldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yig‘laganlarini ko‘rib, ular ham yig‘lashdi. U zot: «Eshitmayapsizlarmi? Alloh ko‘z yoshi va qalb mahzunligi sababli azoblamaydi. Lekin bu tufayli azoblaydi yoki rahm qiladi», dedilar-da, tillariga ishora qildilar (Buxoriy va Muslim rivoyati). Usoma ibn Zayd roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qizlarining o‘g‘lini olib kelishdi. Bola o‘lim holatida edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Sa’d u zotdan: «Yo Rasululloh, bu nimasi?» deb so‘ragan edi: «Bu Alloh taolo bandalarining qalbiga joylab qo‘ygan rahmatdir. Alloh rahmdil bandalariga rahm qiladi», deya javob berdilar (Buxoriy va Muslim rivoyati). Anas roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzandi Ibrohimning oldiga kirdilar. U zo‘rg‘a nafas olar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ko‘zlaridan yosh quyildi. Abdurahmon ibn Avf u zotdan: «Yo Rasululloh, siz ham yig‘laysizmi?» deb so‘ragan edi, «Ey Ibn Avf, u rahmatdir», dedilar va yig‘lagan ko‘yi so‘zlashda davom etdilar: «Ko‘z yosh to‘kadi, qalb g‘amgin bo‘ladi, biz faqat Parvardigorimiz rozi bo‘ladigan so‘zni aytamiz, Ey Ibrohim, biz sendan judo bo‘layotganimizdan mahzunmiz» (Buxoriy rivoyati). «Mayyit yaqinlarining yig‘isi sababli azoblanadi», degan sahih hadisning zohiri olinmaydi, balki ta’vil qilinadi. Ulamolar uning ta’vili xususida turli fikrlarni bildirishgan. Ularning orasida asoslirog‘i – mayyitning o‘zi yig‘lashni vasiyat qilgan yoki boshqa bir sababi bo‘lgan bo‘lsagina azoblanadi. Mayyitning o‘lishidan oldin ham, keyin ham yig‘lash joiz. Quyidagi sahih hadisga binoan esa oldin yig‘lagan durustroq. «Agar biron kishi vafot etsa, hech kim yig‘lamasin». Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 46 Imom Shofe’iy va ashoblari mazkur hadis karohatni ifodalaydi, deb ta’vil qilishgan va mayyit o‘lganidan keyin yig‘lashni makruh deb bilishgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling