Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
jang qilishga kirishganimni bildirgan bo‘laman», dedi» (Buxoriy).
Boshqa bir rivoyatda: «Menga qarshi jangga kirishibdi», deyilgan.
Hadisda
aytiladiki, Abu Sufyon bir necha sheriklari bilan Salmon,
Suhayb va Bilol oldiga
kelgan edi, ular: «Allohning qilichlari Allohning dushmanidan oladiganini hali olib
bo‘lmadi», deyishdi. Shunda Abu Bakr roziyallohu anhu ularga: «Quraysh
oqsoqoli va
sayyidiga shu gapni aytasizlarmi?!» dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam
huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey
Abu Bakr, ehtimol ularni g‘azablantirgandirsiz?! Bordi-yu ularni g‘azablantirgan
bo‘lsangiz,
shak-shubhasiz, Rabbingizni g‘azablantiribsiz», dedilar. Abu Bakr ularning
oldiga kelib: «Ey
birodarlar, sizlarni g‘azablantirib qo‘ydimmi?!» deb so‘ragan edi, ular:
«Yo‘q, ey birodar, Alloh sizni mag‘firat qilsin», deya javob berishdi (Muslim rivoyati).
Fasl
Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: