Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar. 
Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni, mo‘min kishining yuqorida man 
qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba 
qilmasa, bas, ana o‘shalar zolim kimsalardir» (Hujurot surasi, 11). 
 
Ya’ni, kimki masxaralab kulish, mazax qilish va laqab qo‘yishdan tavba qilmas ekan, ana 
o‘sha kimsalar o‘zlarini azobga giriftor qilganlari sababli haqiqiy zolimlardir. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida Alloh nazdida eng yomon 
darajali kimsa – beodobligi-uyatsizligidan saqlanish maqsadida odamlar tark qilgan yoki 
odamlar o‘z holiga tashlab qo‘ygan kishidir» (Muttafaqun alayh). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmonga musulmonning nomusi, moli 
va qoni haromdir. Taqvo shudir. Musulmon birodarini haqorat qilishi kishining 
yomonligiga yetarli dalildir» (Termiziy rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Musulmon musulmonning birodaridir, 
unga zulm qilmaydi, uni tahqirlamaydi, yordamsiz tashlab qo‘ymaydi». So‘ng: «Taqvo 
mana bu yerdadir», deya ko‘kslariga uch marta ishora qildilar va: «Musulmon birodarini 
haqorat qilishi kishining yomonligiga yetarli dalildir», dedilar (Muslim rivoyati). 
 
Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam aytdilar: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, o‘ldirish esa kufrdir» (Muttafaqun 
alayh). 
 
Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga: 
«Falonchi ayol kechalari namoz o‘qib, kunduzlari ro‘za tutadi. Biroq tili yomon, 
qo‘shnilariga behayolik bilan ozor beradi», deyishgan edi, u zot sollallohu alayhi 
vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zaxda», dedilar (Hokim rivoyati, sahih hadis). 
 
Boshqa bir sahih hadisda: «Mayyitlaringizning yaxshiliklarini zikr qilinglar, 
yomonliklaridan tilingizni tiyinglar», deyilgan (Hokim rivoyati). 
 


Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim bir kishini «kofir» yoki 
«Allohning dushmani» desa va u bunday bo‘lmasa, aytgani o‘ziga qaytib tushadi» 
(Muttafaqun alayh). 
 
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: 
«Meni yuqoriga olib chiqishgach, bir qavm yonidan o‘tdim. Ularning tirnoqlari misdan 
bo‘lib, o‘z yuzlari va ko‘kraklarini timdalar edilar. «Ey Jabroil, ular kim?» deb so‘ragan 
edim, «Ular odamlarning go‘shtlarini yeydigan va nomuslariga tajovuz qiladigan 
kimsalardir», deya javob berdi» (Abu Dovud rivoyati). 
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling