Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
69 qiyinchilik, faqirlikka mubtalo bo‘lishdi. Dushmanlarning ichiqoraligidan qo‘rqib, ayol qizlarini olib, boshqa shaharga ravona bo‘ldi. Uning safari qattiq sovuqqa to‘g‘ri keldi. Shaharga kirgach, qizlarini eski, kishilardan xoli masjidlardan biriga joylashtirib, ularga yegulik istab yo‘lga tushdi va ikkita jamoat oldidan o‘tdi. Biri musulmon kishi jamoati bo‘lib, u shahar oqsoqoli edi. Ikkinchisi majusiy kishi bo‘lib, u shahar noziri edi. Ayol dastlab musulmon kishiga o‘z holini bayon qilib: «Men alaviy ayolman. Yetim qizlarim bor. Ularni eski masjidlardan biriga joylashtirib, shu kechaga yegulik istab keluvdim», dedi. U kishi: «Oliyjanob alaviy ekaningga hujjat keltir», dedi. Ayol: «Men g‘arib ayolman, bu shaharda hech kim meni tanimaydi», degan edi, haligi kishi undan yuz o‘girdi. Uning huzuridan ayol qalbi o‘ksib uzoqlashdi va majusiy kishi huzuriga borib holini bayon qildi. Yetim qizlari borligini, o‘zi oliynasab, g‘arib ayolligini va musulmon kishi bilan o‘rtalarida kechgan suhbatni so‘zlab berdi. Majusiy borib, ayol bilan qizlarini hovlisiga olib kelishga xotinini jo‘natdi. Kelishgach, ularga mazali taomlar va yaxshi- yaxshi liboslar tortiq qildi. Ayol va qizlari majusiy xonadonida mo‘l-ko‘lchilik va ehtirom ichra tunab qoldilar. Tun yarim bo‘lgach, haligi musulmon kishi tushida qiyomat qoim bo‘lganini ko‘rdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam tepalariga alvon qadalgan edi. Shunda yashil zumraddan bino qilingan, ayvonlari la’l va yoqutdan ishlangan, la’l va marjon qubbali qasrga ko‘zi tushdi. «Yo Rasululloh, bu qasr kimga?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiga», deya javob berdilar. «Yo Rasululloh, men Allohni bir deb biluvchi musulmon kishiman», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga javoban: «Alaviy ayol senga murojaat qilganda, unga: «Alaviy ekaningga hujjat keltir», degan eding. Xuddi shunday, sen ham menga musulmon bo‘lganing haqida hujjat keltir», dedilar. Kishi beva ayolni noumid qaytarganidan mahzun bo‘lib uyg‘ondi va shaharni aylanib, uni surishtira boshladi. Ayol majusiynikida ekani ma’lum bo‘lgach, majusiyni chaqirtirib keldi-da, unga: «Sendan oliynasab alaviy ayol va qizlarini menikiga jo‘natishingni xohlayman», dedi. U: «Buning sira iloji yo‘q, chunki ularning barakotidan men ko‘p narsalarga erishdim», dedi. «Ularni menga topshir, evaziga ming dinor beraman», degan edi, «Topshirmayman», dedi. «Ularni menga bermasang bo‘lmaydi», degan edi, u: «Sen xohlayotgan narsaga men haqdorroqman. Tushingda ko‘rgan qasr men uchun yaratilgan. Meni Islomga da’vat qilasanmi? Allohga qasamki, men va xonadon ahlim – barchamiz kecha kechqurun alaviy ayol qo‘lida musulmon bo‘ldik. Uxlab, sen tushingda ko‘rgan narsani men ham ko‘rdim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mendan: «Alaviy ayol va qizlari senkidami?» deb so‘ragan edilar, «Ha, yo Rasululloh», dedim. «Qasr senga va xonadoning ahliga. Sen va xonadoning ahli jannat ahlidandirsiz. Alloh seni o‘zi azalda mo‘min qilib yaratgan edi», dedilar», dedi. Musulmon kishi uyiga qaytdi. U qanchalar afsus-nadomat chekkani va qayg‘uga botgani Allohga ayon. Birodar, tul va yetimlarga qilingan yaxshilikning sharofati va barakotini ko‘rib qo‘ying. Zotan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham bejizga: «Beva va yetimga yaxshilik qilish yo‘lida harakat qiluvchi Alloh yo‘lida jihod qiluvchi kabidir», demaganlar (Muttafaqun alayh). Mazkur hadis roviyi shunday deydi: «Tolmaydigan qoim (namoz o‘quvchi) va iftor qilmaydigan soim (ro‘zador) kabidir» ham dedilar, deb hisoblayman». Beva va yetim yo‘lida harakat qiluvchi Alloh taolo roziligini istab, ularning og‘irini yengil |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling