Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘SHNIGA OZOR BERISH
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 qiladigan, tashvishlarini hal etadigan, ular foydasini ko‘zlab, yaxshilik qiladigan kishidir. Alloh lutf va marhamati ila bizni shunday xayrli ishlarga muvaffaq aylasin. Albatta, U saxovatli, rahmli, mehribon va mag‘firatli zotdir. O‘ttiz birinchi gunohi kabira QO‘SHNIGA OZOR BERISH Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas. Allohga qasamki, mo‘min emas», dedilar. «Kim, yo Rasululloh?» deb so‘rashgan edi, «Yomonligidan qo‘shnisi xotirjam bo‘lmagan kimsa», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh). Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Yomonligidan qo‘shnisi emin bo‘lmagan kimsa jannatga kirmaydi», deyilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Alloh nazdidagi eng ulkan gunoh qaysi?» deb so‘rashgan edi, u zot uchta gunohni zikr qilib: «Allohga boshqa narsani sherik qilishing. Holbuki, U seni yaratgan; ovqatingga sherik bo‘lishidan qo‘rqib farzandingni o‘ldirishing va qo‘shningning jufti haloli bilan zino qilishing», deya javob berdilar (Muttafaqun alayh). Sahih hadisda aytiladiki: «Kimki Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ekan, qo‘shnisiga ozor bermasin» (Muttafaqun alayh). Qo‘shni uch toifa bo‘ladi: Musulmon, kofir, qarindosh qo‘shni. Musulmon qo‘shnining qo‘shnilik va musulmonlik haqlari bor. Kofir qo‘shnining qo‘shnilik haqi bor. Qarindosh qo‘shni – uning qarindoshlik, qo‘shnilik haqlari (agar musulmon bo‘lsa, musulmonlik haqi ham) bor. Ibn Umarning bir yahudiy qo‘shnisi bor edi. Agar jonliq so‘ysalar: «Yahudiy qo‘shnimizga undan olib chiqib beringlar», der edilar. Rivoyat qilinishicha, qiyomat kunida kambag‘al qo‘shni boy qo‘shnisiga osilib oladi va: «Ey Rabbim, mana bundan so‘ra-chi, nima uchun eshigini qulflab, mendan fazlini to‘sdi ekan», deydi. Kishi qo‘shnisining ozor-aziyatlariga bardoshli, toqatli bo‘lishi lozim. Bu ish qo‘shniga yaxshilik qilish jumlasidan sanaladi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Yo Rasululloh, menga jannatga doxil etadigan amalni o‘rgating», degan edi, «Muhsin (yaxshilik qiluvchi) bo‘l», dedilar. «Muhsinligimni qanday bilaman?» deb so‘ragan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘shnilaringdan so‘ra, agar seni muhsin deyishsa, demak, muhsinsan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling