Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
 
Abu Hurayra roziyallohu anhuning qora tanli cho‘risi bor edi. Bir kuni u zot cho‘risiga 
qamchi ko‘tardilar-da: «Agar qasos bo‘lmaganida, seni, albatta, savalar edim. Lekin seni 
haqingni to‘la qilib beradigan Zotga sotaman. Allohning roziligi uchun ozodsan», dedilar. 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim pok qulini badnom qilsa 
(zinokor deb tuhmat qilsa), unga qiyomat kunida had joriy qilinadi. Magar aytgani rost 
bo‘lsa (jazolanmaydi)» (Muttafaqun alayh). 
 
Bir hadisi sharifda: «Qulga taomi va kiyimidan beriladi hamda toqati yetmaydigan ishga 
buyurilmaydi», deyilgan (Muslim rivoyati). 
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qullaringizdan o‘zingizga ma’qul 
kelganlariga yeydigan narsangizdan yediringlar, kiyadigan narsangizdan kiydiringlar. 
Ma’qul kelmaganlarini esa sotib yuboringlar, Allohning bandalarini azoblamanglar» (Abu 
Dovud rivoyati). 
 
Salmon Forsiy roziyallohu anhu Madoin shahrining amiri bo‘lib turgan davrida 
huzurlariga bir jamoat tashrif buyurdi. U xamir qorib turgan edi. «Cho‘ringizga xamir 
qordirsangiz bo‘lmaydimi?» deyishgan edi, u zot roziyallohu anhu: «Uni bir ishga 
jo‘natgan edik. Unga yana bir ishni jamlab qo‘yishni ma’qul topmadik», deb javob 
berdilar. 
 
Salaflardan biri aytgan ekan: «Qulingni har bir gunohi uchun uraverma-da, xatolarini 
esingda saqlab yur. Agar Allohga osiylik qilsa, uni ur va senga qilgan itoatsizliklarini 
eslat». 
 
Fasl 
 
Qul va cho‘rini farzandi yoki ukasidan judo qilish ularga qilingan eng katta yomonlikdir. 
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki: «Kimda-kim ona bilan bolani 
bir-biridan judo qilsa, qiyomat kunida Alloh uni suyganidan judo qiladi (Termiziy, Hokim 
rivoyati). 
 
Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga ikki aka-uka 
g‘ulomlarimni sotishni buyurdilar. Men ularni boshqa-boshqa kishiga sotdim. Buni u zot 
sollallohu alayhi vasallamga zikr qilgan edim: «Ikkalasini bitta odamga sot», dedilar» 
(Ahmad rivoyati). 
 
Qul, cho‘ri va hayvonlarni och qoldirish ham katta zulmdir. Zero, Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam aytganlarki: «Qaramog‘idagilarni o‘z holiga tashlab qo‘yish kishining 
gunohkor bo‘lishiga kifoya qiladi» (Hokim, Abu Dovud, Nasoiy rivoyati). 
 
Hayvonni qattiq urish yoki qamab qo‘yib, qarovsiz qoldirish yoxud toqatidan ortiqcha 
narsani yuklash ham katta zulmdir.  
 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling