www.ziyouz.com kutubxonasi
107
qaytaringlar», dedilar. So‘ng biz yondirgan chumoli uyasiga ko‘zlari tushib: «Bunga kim
o‘t qo‘ydi?» deb so‘radilar. «Biz», degan edik, «Parvardigordan boshqaning olov bilan
azoblashga haqqi yo‘q», dedilar» (Abu Dovud rivoyati).
Mazkur hadis olov bilan mayda hashoratlarni ham o‘ldirish mumkin emasligiga hujjatdir.
Fasl
Biror bir jonivorni bekordan-bekorga o‘ldirish makruhdir.
Sharid roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki
bironta chumchuqni bekordan-bekorga o‘ldirsa, qiyomat kuni u Allohga: «Ey Rabbim,
falonchi meni bekordan-bekorga o‘ldirdi, biron-bir maqsad – foyda uchun o‘ldirmadi»,
deya chug‘urlaydi», deganlarini eshitdim» (Nasoiy, Ibn Hibbon rivoyati).
Qushlarni jo‘ja ochish davrida ovlash ham, hayvonlarni onasi ko‘z o‘ngida so‘yish ham
makruhdir.
Ibrohim ibn Adham aytganlarki: «Bir kishi buzoqni onasi oldida so‘ygan edi, Alloh uning
qo‘lini quritib qo‘ydi».
Do'stlaringiz bilan baham: |