Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girma va yerda kibru havo bilan yurma. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas»
«Muso aytdi: «Albatta men, Parvardigorim va Parvardigoringiz (bo‘lmish
Alloh)dan hisob-kitob Kuniga iymon keltirmaydigan barcha mutakabbir (kimsalarning yomonligi)dan panoh so‘raganman» (Fofir surasi, 27). «Albatta, U Zot mutakabbir kimsalarni sevmas» (Nahl surasi, 23). Ya’ni, haqqa quloq solib, unga bo‘ysunishdan kibr qilgan kimsalarni sevmaydi. «Odamlardan (mutakabbirlik bilan) yuzingni o‘girma va yerda kibru havo bilan yurma. Chunki Alloh barcha kibr-havoli, maqtanchoq kimsalarni suymas» (Luqmon surasi, 18). Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlardan ilgari yashab o‘tgan bir kishini takabburlik bilan izorini sudrab yurganida yer yutdi. U qiyomat kunigacha yer (qa’ri)ga kirib ketaverdi» (Buxoriy, Nasoiy va boshqalar rivoyati). Amr ibn Shu’aybning bobosidan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida mutakabbir kimsalar kishi suratidagi chumolilarga o‘xshash holda qayta tiriladilar. Ularni har tomondan xorlik egallab oladi. Ular jahannamdagi «Bulis» deb nomlanadigan zindonga haydaladilar» (Nasoiy, Termiziy rivoyati). Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lgan kishi jannatga kirmaydi», dedilar. Shunda bir kishi: «Bir odam kiyimi va poyabzali bejirim bo‘lishini yaxshi ko‘radi, shu narsa kibrmi?» deb so‘radi. «Albatta, Alloh go‘zaldir, go‘zallikni xush ko‘radi, u kibr emas. Kibr haqqa unamaslik – rad etish va odamlarni masxara qilish – tahqirlashdir», dedilar Nabiy» (Muslim, Termiziy rivoyati). Abu Said va Abu Hurayra roziyallohu anhumolardan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh azza va jalla: «Azizlik izorim, kibriyo ridoimdir. Kim (bu ikkisini) Men bilan talashsa, uni azoblayman», deydi» (Muslim rivoyati). Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Jannat bilan do‘zax talashib qolishdi. Do‘zax: «Zo‘ravon va mutakabbir kimsalar menda», degan edi, jannat: «Zaif va miskin musulmonlar menda», dedi. Alloh ular orasida ajrim qilib dedi: «Jannat, sen Mening rahmatimsan, sen orqali xohlagan bandalarimga rahm qilaman. Do‘zax, sen Mening azobimsan, sen orqali xohlagan bandalarimni azoblayman. Ikkingiz ham to‘lib toshasiz» (Muslim rivoyati). Harisa ibn Vahb roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Sizlarga do‘zax ahli kimlar ekanini xabar qilaymi? (Ular) qo‘pol, yaxshiliklardan to‘suvchi va mutakabbir kimsalardir», deganlarini eshitganman» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki o‘zini boshqalardan afzal, deb bilsa, yoki kibr-havo bilan yursa, Alloh taborak va taoloni g‘azablangan holda uchratadi», deganlarini eshitdim» (Tabaroniy rivoyati). Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 11 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Menga do‘zaxga birinchi bo‘lib kiradigan uch toifa ko‘rsatildi. Zolim amir, molidagi Alloh haqini ado qilmaydigan boy va mutakabbir kambag‘al» (Ibn Xuzayma, Ibn Hibbon rivoyati). Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimda-kim takabburlik qilib kiyimini sudrab yursa, qiyomat kunida Alloh unga qaramaydi» (Buxoriy rivoyati). Salama ibn Akva’ roziyallohu anhudan: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida chap qo‘li bilan taom yedi. «O‘ng qo‘lingda ye», degandilar, «Yeyolmayman», dedi. Shunda Nabiy: «Yeyolmay qol», dedilar. Uni o‘ng qo‘lda yeyishdan faqat kibr to‘sib turgan edi. Shundan keyin u o‘ng qo‘lini og‘ziga olib borolmaydigan bo‘lib qoldi» (Muslim rivoyati). Ayrim salafi solihlar aytganlarki, Allohga osiylik qilib sodir etilgan birinchi gunoh kibrdir. Alloh taolo aytadi: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling