«(Zotan), Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon
(kabi) qilib qo‘ygandirmiz» (Furqon surasi, 23).
Ya’ni, Allohning roziligidan boshqa narsa uchun qilgan amallarini savobsiz qoldiramiz va
ularni quyosh nurida ko‘rinadigan g‘ubor kabi qilib qo‘yamiz, deyilmoqda.
Adiy ibn Xotim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir toifa odamlarni do‘zaxdan
jannatga olib borish buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, uning bo‘ylarini hidlab, undagi
qasrlar va Alloh jannat ahli uchun hozirlab qo‘ygan narsalarni ko‘rishgach, «Ularni
jannatdan burib yuboringlar, u yerda ularga nasiba yo‘q», deb nido qilinadi. Shunda
ular: «Parvardigoro, bizga jannatingni va u yerda do‘stlaring uchun hozirlab qo‘ygan
narsalaringni (noz-ne’matlaringni) ko‘rsatmasdan turib do‘zaxga kiritganingda, bizga
osonroq bo‘lardi», deyishadi. «Men sizlarga shuni iroda qildim, – deydi. – Chunki sizlar
yolg‘iz qolganingizda, ulkan gunohlar bilan Menga qarshi chiqdingiz va odamlarga
yo‘liqsangiz, ularga itoatkor – taqvodor bo‘lib ko‘rindingiz. Insonlarga qalbingizdan Men
uchun bergan narsalaringizning teskarisini ko‘rsatdingiz. Odamlardan qo‘rqdingiz,
Mendan qo‘rqmadingiz. Odamlarni ulug‘ladingiz, Meni ulug‘lamadingiz. Odamlarni deb
(biron gunoh ishni) tark etdingiz, Men uchun tark etmadingiz. Mana bugun sizlarni
savobdan mahrum etganimdek, alamli azobga giriftor qilaman».
Ba’zi hukamolardan: «Muxlis (ixlosli odam, riyokorning ziddi) kim?» deb so‘ralganida:
«Muxlis – yomonliklarni yashirgani singari, yaxshiliklarini ham yashirgan kishi», deya
javob berishgan.
Ayrim zotlardan: «Ixlosning g‘oyasi-mag‘zi nima?» deb so‘rashganida, «Odamlar
maqtashini yomon ko‘rishing», deya javob berishgan.
Alloh taoloning:
Do'stlaringiz bilan baham: |