Gunohi kabiralar. Imom
Hofiz Shamsuddin Zahabiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
12
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilarki: «Alloh taolo menga tavoze’li
bo‘lishingizni vahiy qildi. Toki bir odam boshqasiga zo‘ravonlik
qilmasin,
bir odam
boshqasidan o‘zini ustun qo‘ymasin» (Muslim rivoyati).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh
gunoh qilgan kimsaga ham bu
dunyoda
jazo berib, ham oxiratga nasiba – azob hozirlab qo‘yishi uchun zo‘ravonlik va
qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzishdan ko‘ra loyiqroq gunoh yo‘q» (Ibn Moja,
Termiziy, Hakim rivoyati).
Asarlarda
kelganki, agar bir tog‘ boshqa toqqa zo‘ravonlik qilsa, Alloh o‘sha zo‘ravon
tog‘ni mayda-mayda qilib yuboradi.
Qorun ham qavmiga zo‘ravonlik qilgani uchun Alloh uni yerga yutdirib tashladi.
Alloh
taolo u haqda shunday xabar qilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: