ichmagan edingizlarmi? Holbuki, sizlar o‘zlariga zulm qilgan kimsalarning
maskanlariga (ular zavolga yuz tutganlaridan keyin) joylashgan edingizlar.
Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq m’lum edi. Biz sizlar uchun
(qanchadan-qancha) misollar keltirgan edik (lekin sizlar bu ko‘rgan-
bilganlaringizdan ibrat olmadingizlar, haq yo‘lga yurmadingizlar)» (Ibrohim
surasi, 42-45).
«Faqat odamlarga zulm qiladigan va yerda nohaq hadlaridan oshadigan
kimsalar(ni ayblash va zulmu zo‘ravonliklari uchun jazolash)gagina yo‘l
bordir» (Sho‘ro surasi, 42).
«Zolim kimsalar yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib olurlar»
(Shuaro surasi, 227).
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Zulmdan saqlaninglar. Zero, zulm qiyomat kuni zulmat bo‘lur. Ziqnalikdan saqlaninglar.
Zero, ziqnalik sizlardan oldingilarni halok etdi – ularni o‘zaro qonlarini to‘kishga va
harom ishlarni halol qilishga olib keldi» (Muslim rivoyati).
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Parvardigor azza va jalla aytadi: «Ey
bandalarim, Men O‘zimga zulmni harom qildim va uni sizlarning orangizda ham harom
qildim. Bas, bir-biringizga zulm qilmanglar» (Muslim, Termiziy, Ibn Moja rivoyati).
Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta,
Alloh zolimga uzoq umr beradi. Uni ushlagan vaqtda esa, qutula olmaydi», dedilar va
Hud surasining 102-oyatini o‘qidilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |