Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
115 bo‘lsa-da, sira hukm chiqarmaganimda edi», deb orzu qiladi», deganlarini eshitdim» (Ahmad, Ibn Hibbon rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey Allohim, kimki ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularni mashaqqatga qo‘ysa, uni Sen ham mashaqqatga qo‘y. Kimki ummatimning bironta ishiga boshliq bo‘lib, ularga mehribonlik qilsa, unga Sen ham mehribonlik qilgin», der edilar (Muslim, Nasoiy rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh kimni musulmonlarning bironta ishiga rahbar qilib qo‘ysa-yu, u musulmonlarning ehtiyojlari, muhtojliklari va faqirliklaridan ko‘z yumsa, Alloh qiyomat kunida uning ehtiyoji, muhtojligi va faqirligidan ko‘z yumadi» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Mendan so‘ng amirlar bo‘ladi. Kimki ularning huzuriga kirib, yolg‘onlarini tasdiqlasa, zulmlariga yordam bersa, u mendan emas, men ham undan emasman. Va u hovuzga yaqin kelmaydi. Kimki ularning huzuriga kirmasa va zulmlariga yordam bermasa, yolg‘onlarini tasdiqlamasa, u mendan va men ham undanman. Va u hovuzga keladi» (Termiziy rivoyati). Abu Umoma roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Ummatimdan ikki toifasi hargiz shafoatimga noil bo‘lmaydi: «Zolim, adolatsiz rahbar hamda har bir yovuz murtad» (Tabaroniy rivoyati). Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kuni eng qattiq azobga duchor bo‘ladigan do‘zaxiy – payg‘ambarni o‘ldirgan yoki payg‘ambar tomonidan o‘ldirilgan kimsa va haq yo‘ldan adashgan rahbar» (Bazzor rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki odamlarga rahm qilmas ekan, unga Alloh ham rahm qilmaydi» (Tabaroniy). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yuborayotganlarida: «Mazlumning duosidan qo‘rq. Zero, uning duosi bilan Alloh orasida hijob – to‘siq yo‘qdir», deganlar (Muttafaqun alayh). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh qiyomat kunida uch toifa odam bilan gaplashmaydi, ularni (gunohlaridan) poklamaydi ham», deb ulardan biri yolg‘onchi podshoh ekanini bayon qilganlar (Muslim rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Sizlar yaqinda amirlikka qiziqib qolasizlar. Holbuki, u qiyomat kunida nadomatga sabab bo‘ladi» (Buxoriy rivoyati). Yana bir hadisi sharifda: «Biz bu ishga (amirlikka) uni so‘ragan kishilarni ham, unga qiziqqan kishilarni ham tayinlamaymiz», deyilgan. Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: «Amirlikni so‘rama. Agar unga so‘ramasdan yetishsang, uni qo‘llab- quvvatlaysan. Bordi-yu, unga so‘rab yetishsang, unga suyanib qolasan», dedilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling