FOLBIN VA MUNAJJIMNI TASDIQLASH
Alloh taolo aytadi:
«(Ey inson), o‘zing aniq bilmagan narsaga ergashma. Chunki quloq, ko‘z, dil –
bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (ya’ni, eshitgan,
ko‘rgan va ishongan har bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi)»
(Al-Isro surasi, 36).
Bu oyatning tafsirida Kalbiy: «Bilmagan narsang haqida gapirma», degan bo‘lsalar,
Qatoda: «Eshitmagan narsangni eshitdim, ko‘rmagan narsangni ko‘rdim va bilmagan
narsangni bildim, demagin», deganlar.
«Chunki quloq, ko‘z, dil – bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur»,
oyatini tafsir qilib, Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Alloh bandalaridan bu a’zolarni qanday
ishlarga ishlatganini so‘raydi», deganlar.
Bu oyati karima halol bo‘lmagan narsaga qarash, harom narsani eshitish va joiz
bo‘lmagan narsani iroda qilishdan qaytarishga hujjat bo‘ladi. Vallohu a’lam.
Do'stlaringiz bilan baham: |