Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
135 (Termiziy, Hokim rivoyati). Xamr ichgan kimsa uni ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmaydi. Bu xususda Abu Hurayradan quyidagi hadis vorid bo‘lgan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Zinokor mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘irlik qiladi. (Ichuvchi) mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq hali ham tavba taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kimki zino qilsa yoki xamr ichsa, xuddi inson boshidan ko‘ylagini yechib olganidek, Alloh undan iymonni yechib oladi» (Hokim rivoyati). Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odam jannatga kirmaydi: xamrga mukkasidan ketgan, qarindosh-urug‘chilik aloqalarini uzgan va sehrni tasdiqlagan kimsa. Kimki xamrga mukkasidan ketgan holida vafot etsa, Alloh uni «Guvta» daryosidan sug‘oradi», dedilar. «Guvta» daryosi nima?» deb so‘rashgan edi, «U fohishalarning farjlaridan oqadigan daryo bo‘lib, do‘zax ahliga ozor beradi», deya javob berdilar (Ahmad, Abu Ya’lo, Tabaroniy rivoyati). Xamr sababli la’natlangan kimsalar xususida Ibn Umar roziyallohu anhumodan vorid bo‘lgan hadis hujjat bo‘ladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh xamrni ham, uni ichuvchini ham, quyuvchini ham, sotib oluvchini ham, sotuvchini ham, tayyorlatuvchini ham, olib keluvchini ham, olib keltiruvchini ham la’natladi» (Abu Dovud rivoyati). Ibn Mojaning rivoyatida: «Pulini yeyuvchini ham», deyilgan. Ibn Abbos aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deganlarini eshitdim: «Oldimga Jabroil kelib: «Ey Muhammad, albatta Alloh xamrni ham, uni siqtiruvchini ham, siquvchini ham, ichuvchini ham, olib keluvchini ham, olib keltiruvchini ham, sotuvchini ham, sotib oluvchini ham, quyuvchini ham va quydiruvchini ham la’natladi», dedi» (Ahmad, Ibn Hibbon, Hokim rivoyati). Xamr ichuvchilar kasal bo‘lsa, ziyorat qilinmaydi va ularga salom berilmaydi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu: «Xamr ichuvchilar kasal bo‘lsa, ziyorat qilmanglar», deganlar. Ibn Umar roziyallohu anhumo: «Xamr ichuvchilarga salom bermanglar», deb aytganlar (Buxoriy rivoyati). Rivoyatlarda keladiki: «Xamr ichuvchilar bilan birga o‘tirmanglar, kasal bo‘lsa, ziyorat qilmanglar va janozalariga qatnashmanglar. Zero, xamr ichuvchi qiyomat kunida yuzi qoraygan, tili ko‘ksiga osilgan, so‘lagi oqqan holda keladi. Uni ko‘rgan har bir kimsa undan jirkanadi va uning xamr ichuvchi ekanini bilib oladi». Ba’zi ulamolar aytgan ekanlar: «Ularni ziyorat qilish va salom berish man qilinganining boisi, xamr ichuvchi mal’un, fosiqdir. Agar u sotib olib ichsa, ikki marta mal’un, bordi-yu, boshqa birovga ham quyib bersa, uch marotaba mal’un bo‘ladi. Agar tavba qilsalar, ularni ziyorat qilish va salom berish joizdir. Kimki tavba qilsa, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling