Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


nopoklikdan uzoq bo‘lingiz, yolg‘on so‘z-guvohlikdan uzoq bo‘lingiz»


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/210
Sana09.01.2022
Hajmi0.54 Mb.
#267421
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   210
Bog'liq
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar

nopoklikdan uzoq bo‘lingiz, yolg‘on so‘z-guvohlikdan uzoq bo‘lingiz», oyatini 
tilovat qildilar (Tabaroniy rivoyati). 
 
Musannif (rahmatullohi alayh) aytadilar: «Yolg‘on guvohlik beruvchi odam bir qancha 
ulkan gunohlarni sodir etadi: 
1) yolg‘on va uydirma; 
 
Alloh taolo aytganki: 
«Albatta, Alloh haddan oshuvchi, yolg‘onchi kimsalarni hidoyat qilmas» (Fofir 
surasi, 28). 
 
Hadisi sharifda esa: «Mo‘minning tabiatida xiyonatkorlik va yolg‘onchilikdan tashqari har 
qanday xislatga moyillik bo‘lishi mumkin», deyilgan (Bazzor, Abu Ya’lo rivoyati); 
 
2) zulm. Kimning zarariga yolg‘on guvohlik bersa, unga zulm qilgan bo‘ladi. Chunki shu 
guvohlik sababli o‘sha kishining mol-mulki yoki obro‘si va yo joni ketadi
 
3) shuningdek, kimning foydasini ko‘zlab yolg‘on guvohlik bersa, unga ham zulm qilgan 
bo‘ladi. Zero, uning guvohligi tufayli u kishi harom mol-mulkni egallaydi va do‘zaxga 
mahkum bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Kimga birodarining 
haqqini hukm qilib bersam, batahqiq, unga do‘zaxning bir parchasini bo‘lib bergan 
bo‘laman» (Mutafaqqun alayh); 
 
4) u Alloh taolo harom qilgan va saqlagan o‘zganing mol-mulki, qoni va obro‘siga 
tajovuz qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uch marta: «Sizlarga gunohi 
kabiralarning eng kattalarini xabar qilaymi?» deb so‘radilar-da: «Allohga shirk keltirish, 
ota-onaga oq bo‘lish. Ogoh bo‘linglar, yolg‘on guvohlik berish va yolg‘on gapirish», 
dedilar. Suyangan holda edilar, o‘tirib oldilar-da, bu so‘zni takrorlayverdilar, hattoki biz: 
«Qaniydi, sukut qilsalar», dedik (Buxoriy, Muslim, Termiziy rivoyati). 
 
Alloh taolodan barcha balolardan omon saqlashini so‘raymiz. 
 
 
Oltmish oltinchi gunohi kabira 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling