Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...»
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
qiymatga sotib yuboradigan kimsalar...» degan oyat bor emasmi?» dedilar.
Abu Zarr roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uch toifa odamga qiyomat kuni Alloh gapirmas, (rahmat) nazari bilan boqmas, ularni (gunohlaridan) poklamas va ular uchun alamli azob bo‘lur», dedilar. «Yo Rasululloh, kim ular – ziyonkor bechoralar?» degan edim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu so‘zni uch bora takrorladilar-da: «Kiyimini uzunligidan yerga sudrab yuruvchi kimsa, yolg‘on qasam bilan molini o‘tqazuvchi, minnat qiluvchi kishi», deya javob berdilar» (Ahmad, Muslim va boshqalar rivoyati). Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Gunohi kabiralar – Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish va yolg‘on qasam ichish», dedilar» (Buxoriy, Nasoiy, Termiziy rivoyati). Yolg‘on qasam o‘z sohibini bu dunyoda gunohga, u dunyoda esa do‘zaxga botiradi. Fasl Alloh azza va jalladan boshqa narsa bilan qasam ichish ham gunohi kabira hisoblanadi. Masalan, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam, farishtalar, Ka’ba, osmon, suv, hayot, omonat, jon, bosh va shu kabi narsalar bilan qasam ichish mumkin emas. Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 145 Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh sizlarni otalaringiz bilan qasam ichishdan qaytaradi. Kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki jim bo‘lsin», degan (Buxoriy, Muslim rivoyati). Boshqa bir sahih hadisda esa: «Bas, kimki qasam ichmoqchi bo‘lsa, faqat Alloh nomi bilan qasam ichsin yoki sukut saqlasin», deyilgan. Abdurahmon ibn Samura roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tog‘utlar bilan ham, ota-bobolaringiz bilan ham qasam ichmanglar», dedilar» (Muslim rivoyati). Tog‘utlar – shayton va but-sanamlar. Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim omonat bilan qasam ichsa, u bizdan emas», dedilar» (Abu Dovud rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib: «Men Islomdan begonaman», desa va u agar yolg‘on gapirgan bo‘lsa ham, rost gapirgan bo‘lsa ham, aytganidekdir. Agar gapi rost bo‘lsa, u Islomga sira salomat holida qaytmaydi», dedilar (Abu Dovud, Nasoiy rivoyati). Ibn Umar roziyallohu anhu bir kishining: «Ka’baga qasamki», deganini eshitib qolib: «Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichma. Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohdan boshqaning nomi bilan qasam ichsa, kufr yoki shirk keltiribdi», deganlarini eshitganman», dedilar. Ayrim ulamolar mazkur hadisdagi: «Kufr yoki shirk keltiribdi» jumlasini mubolag‘a deb tafsir qilishgan. Bu Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: «Riyoning ozginasi ham shirkdir» hadisi shariflariga monanddir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimki qasam ichib turib: «Lot va Uzzoga qasamki» deb yuborsa, u darhol: «La ilaha illalloh» desin», deganlar. (Buxoriy, Muslim rivoyati). Ayrim sahobalar Islomga endi kirgan vaqtlarida, tillari o‘rganib qolgani uchun shunday qasam ichib yuborar edilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ularga o‘zlari bilmagan holda aytib yuborgan so‘zlariga kafforat bo‘lishi uchun darhol: «La ilaha illaloh», deyishni buyurar edilar. Tafviq Allohdan. Oltmish uchinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling