Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
NOHAQ HUKM QILISH
Alloh taolo aytadi: «Kimda-kim Alloh nozil qilgan Din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular kofirlardir» (Moida surasi, 44). «Kimda-kim Alloh nozil qilgan Din bilan hukm qilmas ekan, bas, ular Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 146 zolimlardir» (Moida surasi, 45). Ya’ni, Allohning shariatiga xilof qilganlari uchun ular o‘taketgan zolimlardir. «Kimki Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmas ekan, bas, ular fosiqdirlar» (Moida surasi, 47). Ya’ni, ular iymondan va Alloh toatidan chiquvchi, osiy kimsalardir. Burayda roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qozi do‘zaxda va bir qozi jannatda. Haq bilan hukm qilgan qozi jannatda. Zulm bilan (nohaq) hukm qilgan va bilmay turib hukm qilgan qozi do‘zaxda», dedilar». «Bilmaydigan qozining gunohi nima?» deb so‘rashgan edi, «Gunohi – bilmay turib qozi bo‘lganligi», deya javob berdilar» (Hokim rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda- kim qozilikka yoki odamlar orasida qozi qilib tayinlansa, darhaqiqat, u pichoqsiz so‘yilibdi», dedilar» (Abu Dovud, Termiziy, Hokim rivoyati). «Pichoqsiz so‘yilibdi» jumlasining ma’nosi shuki, pichoq bilan so‘yilayotgan jonliqqa rohat baxsh etiladi. Bordi-yu pichoqsiz so‘yilsa, bu unga azob berish bo‘ladi. Urfda, odatda pichoq bilan so‘yilsa, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam urf-odatga xilof ravishda «pichoqsiz (boshqa narsa bilan) so‘yilibdi», dedilar. Bu bilan qozilarning badani emas, dini halok bo‘lishidan xafvsiragan bo‘lishlari mumkin. Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qiyomat kunida odil qozi chaqirilib, shunday shiddatli hisob-kitobga duch keladiki, bundan u, butun umrim davomida sira qozilik qilmaganimda edi, deb orzu qiladi», deganlarini eshitdim» (Ibn Hibbon rivoyati). Rivoyat qilishlaricha, Alloh nozil qilgan narsadan boshqacha hukm qilgan rahbarning namozini Alloh qabul qilmaydi. Rivoyat qilishlaricha, kim voliy (hokim) yoki qozi bo‘lsa, u qiyomat kunida Alloh azza va jallaning huzuriga olib kelinadi-da, ko‘prikka turg‘azib qo‘yiladi. So‘ng siri (nomai a’moli) fosh qilinib, butun maxluqotlar guvohligida o‘qiladi. Agar u odil bo‘lgan bo‘lsa, adolati sababli Alloh unga najot beradi. Bordi-yu boshqacha (ya’ni, zolim) bo‘lgan bo‘lsa, ko‘prik shunday silkinadiki, uning a’zolarining orasi falon-falon masofaga kengayib ketadi. So‘ng ko‘prik sinib, u jahannamga qulaydi. Fuzayl ibn Iyoz (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Qozi bir kun qozilik qilishi, bir kun o‘zi uchun yig‘lashi lozim». Muhammad ibn Vose’ aytgan ekanlar: «Qiyomat kuni hisob-kitob uchun birinchi bo‘lib qozilar chaqiriladi». Makhul (rahimahulloh) aytganlar: «Agar qozilikni yoki bo‘ynim chopilishini tanlashim lozim bo‘lganida, qozilikni qo‘yib, bo‘ynim chopilishini tanlagan bo‘lardim». Ayyub Saxtiyoniy (rahmatullohi alayh) aytgan ekanlar: «Eng ilmli odamlarning Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 147 qozilikdan qattiq qochganlarini ko‘rdim». Sufyon Savriyga: «Shurayx qozilikka tayinlandi», deyishgan edi, u zot: «Shunday ajoyib kishini buzishibdi-da (rasvo qilishibdi-da)» dedilar. Molik ibn Munzir Muhammad ibn Vose’ni Basraga qozi qilish maqsadida chorlagan edi, u bosh tortdi. Uni qayta chorlab: «Yo qozi bo‘lasan yoki darralanasan», degan edi, u zot: «Sen hukmdorsan, bunday qilishing mumkin. Biroq oxiratda xor bo‘lgandan ko‘ra, dunyoda xorlangan xayrliroq», dedi. Vahb ibn Munabbah aytadilar: «Agar hukmdor jabr-zulm qilmoqchi bo‘lsa yoki qilsa, Alloh uning mamlakati aholisidan, ularning bozorlari-yu rizqlaridan, ekinlari-yu chorvalaridan va barcha narsalardan barakani ko‘tarib qo‘yadi. U agar yaxshilik yoki adolat qilmoqchi bo‘lsa, Alloh uning mamlakati aholisiga va barcha narsalarga baraka ato etadi». Hims hokimlaridan biri Umar ibn Abdulaziz roziyallohu anhuga: «Hims shahri vayron bo‘ldi. U islohga muhtoj», deb xat yozgan edi, Umar roziyallohu anhu unga: «Shaharni adolat bilan mustahkamla (idora qil), ko‘chalarini jabr-zulmdan tozala. Vassalom», deb yozib yubordilar. Qozi g‘azablanib turganida hukm chiqarishi haromdir. Agar qozining ilmi kam, niyati va xulqi yomon, taqvosi oz bo‘lsa, u aniq ziyonkorlardan bo‘libdi. U qozilikdan bo‘shashi va do‘zaxdan xolos bo‘lish uchun shoshilishi lozim. Allohdan afv-ofiyat va O‘zi yaxshi ko‘rgan, rozi bo‘lgan ishlarga muvaffaq etishini tilaymiz. U marhamatli va saxovatli zotdir. Oltmish to‘rtinchi gunohi kabira Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling