Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
SAHOBALARDAN BIRONTASINI HAQORAT QILISH
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
SAHOBALARDAN BIRONTASINI HAQORAT QILISH
Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo: «Kimki Mening do‘stimga dushmanlik qilsa, unga qarshi urush e’lon qildim», dedi», deganlar» (Buxoriy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sahobalarimdan birontasini ham so‘kmanglar. Zero, sizlardan biron kishi Uhud tog‘icha tillo ehson qilsa ham, ulardan birining (ehson Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 154 qilgan) muddiga (o‘lchov birligi), uning yarmiga ham yetmaydi», deganlar (Muttafaqun alayh). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan: «Sahoblarim xususida Allohdan qo‘rqinglar. Mendan keyin ularni (so‘kish va haqorat qilish uchun) nishon qilib olmanglar. Kimki ularni yaxshi ko‘rsa, meni yaxshi ko‘rgani uchun yaxshi ko‘ribdi. Kimki ularni yomon ko‘rsa, meni yomon ko‘rgani uchun yomon ko‘ribdi. Kimki ularga ozor bersa, batahqiq, menga ozor beribdi. Kimki menga ozor bersa, batahqiq, Allohga ozor beribdi. Kimki Allohga ozor bersa, hech qancha vaqt o‘tmay, uni Alloh jazolaydi», dedilar (Termiziy rivoyati). Mazkur hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarni so‘kish, haqorat qilish va ularga ozor berishdan qattiq qaytarganlar hamda ularni yaxshi ko‘rish o‘zlarini yaxshi ko‘rishning, shuningdek, ularni yomon ko‘rish o‘zlarini yomon ko‘rishning alomati ekanini bayon qilganlar. Bu narsa sahobalarning fazilatlari va darajalarining naqadar ulug‘ ekanligini ko‘rsatib beradi. Boshqa bir sahih hadisda esa: «Ansorlarni yaxshi ko‘rish – iymon alomati, ularni yomon ko‘rish – munofiqlik alomati», deyilgan (Buxoriy, Muslim, Nasoiy rivoyati). Buning sababi ansorlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l ostilarida Allohning dushmanlariga qarshi jihod qilganlari va din uchun jonkuyar bo‘lganlaridir. Shuningdek, Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rish yaxshilik alomati, u zotni yomon ko‘rish munofiqlik alomatidir. Imom Muslim Ali roziyallohu anhuning bunday deganlarini rivoyat qilgan: «Urug‘ni yorib chiqargan, jonni yaratgan Zotga qasamki, ummiy Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam meni faqatgina iymonli kishi yaxshi ko‘rishini va meni faqatgina munofiq kimsa yomon ko‘rishini menga bildirganlar». Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu gapni agar Ali roziyallohu anhu haqida aytgan bo‘lsalar, Abu Bakr roziyallohu anhu bu martabaga Alidan ko‘ra loyiqroq va haqdorroqdir. Chunki Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu payg‘ambarlardan keyingi eng afzal insondirlar. Umar va Ali roziyallohu anhumolar biron kishini Abu Bakrdan afzal deb bilgan kimsaga tuhmatchiga beriladigan jazo qo‘llanadi, ya’ni, darra uriladi, deganlar. Sahobalarning hayot yo‘llari, turmush tarzlari bilan yaqinroq tanishgan inson ularning nima sababdan bu darajalarga yetganini anglaydi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hayotlik chog‘larida ham, vafot etganlaridan keyin ham iymonga shoshilishdi – intilishdi, kofirlarga qarshi jihod qilishdi, dinni yoyib, Islom marosimlarini zohir etishdi, Alloh va Rasulining kalimasini oliy qilib, farz va sunnatlarini ta’lim berishdi. Agar ular bo‘lmaganida dinning asli-yu, tarmoqlari bizga yetib kelmagan, farzlaru sunnatlar, hadislaru xabarlardan birontasini bilmagan bo‘lardik. Kimki sahobalarni yomon otliq qilsa yoki haqorat etsa, u dindan chiqib, islom millatidan yuz o‘girgan bo‘ladi. Chunki ularni yomon otliq qilgan kimsa o‘zini ularga teng deb bilgan, ularga nisbatan dilida kek saqlagan va Alloh taolo Kitobida ularni maqtab, suyib zikr qilgan martabalari, fazilatlarini inkor qilgan bo‘ladi. Zero, ular dinni yetkazishga, vositachilik qilishga eng munosib, eng haqli zotlar edilar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin). Ularga ta’na qilish dinga ta’na qilish, ularni mensimaslik dinni mensimaslik bilan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling