Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
«(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Shamsuddin Zahabiy. Gunohi kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib- tortishurlar...»
«(Ey mo‘minlar), sizlar ahli Kitob bilan faqat eng chiroyli yo‘sinda mujodala-
munozara qilinglar» (Ankabut surasi, 46). «...Ular (siz bilan talashib-tortishadigan kimsalar) bilan eng go‘zal yo‘lda mujodala – munozara qiling!» (Nahl surasi, 125). «Allohning oyatlari haqida faqat kofir bo‘lgan kimsalargina talashib- tortishurlar...» (Fofir surasi, 4). Agar mujodala (tortishuv) haqni aniqlash va uni qaror toptirish uchun bo‘lsa, u mahmud – maqtalgandir. Bordi-yu, haqqa qarshilik ko‘rsatish uchun yoki bilmasdan turib qilinadigan bo‘lsa, u qoralangandir. Mujodalaning joiz va nojoizligi xususida vorid bo‘lgan oyatlar mana shu yo‘sinda nozil bo‘lgan». Ayrim ulug‘lar deydilar: «Xusumatdan ko‘ra dinni ketkazuvchiroq, muruvvatni kamaytiradiganroq va qalbni mashg‘ul qiladiganroq biron narsani ko‘rmadim». Inson o‘z haq-huquqlaridan to‘la foydalanish uchun tortishib turishdan boshqa iloji yo‘q, desangiz, Imom Fazzoliyning quyidagi so‘zlari sizga javob bo‘ladi: «Bilginki, nohaqlik bilan, ilmsiz bo‘laturib, xusumatlashgan kimsalar qattiq qoralangandirlar». Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy www.ziyouz.com kutubxonasi 26 Bu sudda qaysi taraf haq ekanini bilmasdan turib, ilmsiz holda xusumatlashib ketgan da’vogarning vakiliga o‘xshaydi. Yana haqini talab qilsa-yu, biroq haddidan oshsa, murosasizlik qilib yolg‘on gapirsa, xusumatchiga aziyat yetkazadigan so‘zlarni so‘zlasa, bunday kishi ham qoralangan. Xuddi shuningdek, xusumatchini bo‘ysundirish va sindirish uchun faqat sarkashlik qilib xusumatlashish ham ta’qiqlanadi. Biroq mazlumning murosasizlik va isrofga berilmasdan, chegaradan chiqmasdan, sarkashlik va aziyat yetkazishni qasd etmasdan turib, shar’iy yo‘l bilan hujjat keltirishi harom emas. Lekin shunday bo‘lsa-da, xusumatni butunlay tark etgani ma’qulroq. Chunki xusumatlashayotganda tilni mo‘’tadil – adolat chegarasidan chiqarmay tiyib turish juda mushkul. Bundan tashqari, xusumat qalbni nafratga to‘ldiradi, g‘azabni uyg‘otadi. Fazab kelsa, tabiiyki, xusumatchilar orasida kek, gina-kudurat hosil bo‘lib, ularning har biri boshqasining qayg‘usidan shodlanadigan va quvonchidan xafa bo‘ladigan hamda bir-birining or-nomusiga til tekizadigan bo‘lib qoladi. Xullas, kimki xusumatlashsa, ushbu ofatlarga duchor bo‘ladi. Hech bo‘lmaganda, qalbi mashg‘ul bo‘lib, hatto namozida ham o‘y-yodi xusumatchisida bo‘lib qoladi. Zero, xusumat, shuningdek, tortishuv va bahs-munozara ham yomonlik manbaidir. Kishi boshqa hech chorasi qolmaguncha, xusumat eshigiga yaqin yo‘lamasligi darkor. Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim nohaq bo‘laturib bahs-munozarani tark etsa, uning uchun jannat chekkasida bir uy bino qilinadi, kimki haq bo‘la turib tark etsa, uning uchun jannatning o‘rtasiga (qasr) bino qilinadi. Kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, uning uchun jannatning eng oliy joyiga (qasr) bino qilinadi» (Abu Dovud, Termiziy rivoyati). Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Xusumat juda xatarli ishdir!» deb aytgan ekanlar. Fasl Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar hidoyatda bo‘lganlaridan keyin faqat talashib-tortishishga berilganlari sababligina haq yo‘ldan og‘dilar», dedilar-da, quyidagi oyatni o‘qidilar: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling