Microsoft Word haj va umra ziyouz com doc


Download 192.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/39
Sana15.11.2023
Hajmi192.52 Kb.
#1777216
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)



Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
1
HAJ va UMRA IBODATLARI
(Haj va umra qiluvchilar uchun duolar kitobi) 
Tarjimon
Abbos Tursunov 
Toshkent 
2003 yil 
«Endi, marosimlaringizni ado qilib bo‘lgach, Allohni ajdodlaringizni eslagandek, 
balki undan-da qattiqroq eslang! Zotan odamlar orasida shunday kimsalar 
borki, «Ey Parvardigor, bizga mana shu dunyoda bergin», deydi. Holbuki, uning 
uchun Oxiratda hech qanday nasiba yo‘q. Va ularning orasida shunday zotlar 
ham borki, «Parvardigoro, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato qilgin, oxiratda 
ham yaxshilik ato etgin va bizni do‘zax azobidan asragin», deydilar. Ana o‘sha 
zotlar uchun qilgan ibodatlari (haj, duolari) sharofatidan nasiba bor. Alloh tez 
hisob-kitob qilguvchi zotdir. Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!» 
(Baqara surasi, 200–203-oyatlar) 
Taqdim 
Bismillahir rohmanir rohiym. 
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: “Parvardigoringiz: “Menga 
duo-iltijo qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman”, 
dedi”. (G‘ofir surasi, 60-oyat). 
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan vorid bo‘lgan hadisi sharifda: 
“Albatta Alloh taolo saxiy va hayo egasidir. U O‘zi uchun qo‘llarini ko‘tarib, duo qilib 
to‘rgan kishini umidsiz, qup-quruq qaytarmoqlikdan hayo qiladi”, deyilgan. 
Duo – ibodatdir. U banda bilan Holiqi Zuljalolning orasini bog‘laydi. Inson Allohdan 
rahmat, mag‘firat, ne’mat, so‘rab, Unga tavba-tazarru qilib, duoga qo‘l ochadi. Duo 
orqali Parvardigoriga iltijo qilib, Undan madad so‘raydi. Bu bilan Alloh taolo huzurida 
bandalikni, qullikni bo‘yniga oladi. 
Duo hamma joyda, barcha ibodatlarda, hamma vaqtda qilinaveradi. Ayniqsa haj va 
umra ibodatlarida duolarning ko‘proq ijobat bo‘lishi haqida ulamo va fuzalolarning fikrlari 
bor. Chunki ana shu ibodatlar asnosida musulmonlar dunyo hayotidan ma’lum vaqtga 
uzilib, Allohga yanada yaqinlashadilar, Parvardigorlari huzurida turib, tavba-tazarru 
qilish, Uni ko‘proq zikr etish, hojatlari va ne’matlarini so‘rash imkoniyati ko‘payadi. 
Haj va umra ibodatini ado etish tartibi, uning arkonlari va hukmlari haqida ko‘plab 
kitoblar tasnif etilib, har yili hojilarimiz ulardan bahramand bo‘lishmoqda. Endi haj va 
umra qilish chog‘ida, arkonlarni bajarishda o‘qiladigan duolar ham kitob holida to‘planib, 
hukmingizga havola etilyapti. Agar u ibodatlaringizni komil qilishda, Allohga yolborib 
qilayotgan duolaringizni ko‘paytirishda asqotib qolsa va yordam berolsa, musannif 


Haj va umra ibodatlari (duolar kitobi) 

Download 192.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling