Microsoft Word haj va umra ziyouz com doc


Download 192.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/39
Sana15.11.2023
Hajmi192.52 Kb.
#1777216
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Haj va umra ibodatlari (duo kitobi)

Baqiy’da o‘qiladigan duo 
Baqiy’ Rasululloh alayhissalom zamonlaridan beri Madinai munavvaraning qabristonidir. 
Unda o‘n mingga yaqin sahobai kiromlar (roziyallohu anhum) bor. 
Agar ziyoratchi shu yerga yetib kelsa, ziyorat qilishligi va Rasululloh alayhissalom 
huzurlarida qilganidek, shunday duo qilishligi mustahabdir:
«Assalamu ‘alaykum daro qovmin mu`miniyna va inna inshaallohu bikum lahiqun
antum salafuna, vanahnu bil`asari, yag‘firullohu lana valakum va yarhamullohul 
mustaqdimiyna minkum val musta`xiriyn. Allohumma la tahrimna ajrohum, vala 
taftinna ba’dahum, vag‘fir lana valahum, Allohummag‘fir liahli baqiy’il g‘orqod». 
Allohning salotu salomi bo‘lsin sizga ey mo‘minlar jamoasi, Alloh hohlasa, bizlar sizga 
yetishguvchimiz, sizlar bizning o‘tganlarimiz, bizlar orqangizda qolganlarmiz. Alloh sizni 
va bizni mag‘firat qilsin. Sizlardan avval o‘tganlarga va keyin o‘tganlarga rahm qilsin. 
Allohim, ularning ajrlaridan bizni mahrum qilma, ulardan keyin bizni fitnalantirma, ularni 
va bizni mag‘firat qil. Allohim Baqiy’ul g‘orqad ahlini mag‘firat qilgin. 
Baqiy’ning yuqorisida Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning qabrlari bor. Unga yetib 
kelganda, shunday deyiladi: 
«Assalamu ‘alayka ya zan nuuroyni Usman ibn Affan, assalamu ‘alayka ya salisal xulafair 
roshidiyn. Assalamu ‘alayka ya mujhiza jayshal ‘usroti binnaqdi val’ayni va jama’al 
qur`ana baynad daffatayni. Jazakallohu ‘an ummati rosulillahi xoyrol jaza`i, 
Allohummarzi ‘anhu, varfa’ darojatahu, va`akrim maqomahu, va`ajzil savabahu
aamiyn».  
Allohning salotu salomi sizga bo‘lsin, ey ikki nur egasi Usmon ibn Affon, Allohning salotu 
salomi sizga bo‘lsin, ey xulafoir-roshidiynlarning uchinchisi. Allohning salotu salomi sizga 
bo‘lsin, ey qiyinchilik paytdagi askarni pul va quduq bilan ta’minlab, jihozlagan, Qur’oni 
karimni ikki daffa (hokimiyat jilovini qo‘lga kiritilgan payt)da jamlagan zot. Alloh taolo 
sizni ummati Muhammadiy nomidan xayrli holatda mukofotlasin. Allohim undan rozi bo‘l, 
darajasini ko‘targin, maqomini ulug‘ qilgin va savobini ko‘paytirgin. Omiyn. 
* * * 
Haj va umra qiluvchilar duolar kitobi shu yerda nihoyasiga yetdi. Alloh taolo hajjingizni 
mabrur, duolaringizni qabul, ibodatlaringizni maqbul aylasin, O‘zining hidoyat yo‘lidan 
adashtirmasin! Omiyn! 
Online o’qish: 
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1734.0
Forum uchun Laylo tayyorladi. 
www.ziyouz.com
2007 

Download 192.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling