Microsoft Word haq hamisha golib ziyouz com doc
Download 143.21 Kb. Pdf ko'rish
|
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar al-Foruq)
www.ziyouz.com kutubxonasi
7 Laylo Umar bilan gap talashish befoydaligini his etib, o‘zini qo‘lga oldi-da, hayajonini yashirib ohista dedi: – Ha, Umar, bu yurtdan bosh olib ketmoqchimiz. Allohning dargohi keng, shuncha xo‘rlanganimiz, azob-sitamlarga qolganimiz yetar! Axir sizlar kun bermay qo‘ydingizlar- ku, ayovsiz xo‘rlab, kamsitib, azoblab tashladingizlar-ku! Ha, Umar, Allohning yeri bepoyon, karami keng, biror joydan tinchroq, erkinroq yashash imkoni chiqib qolar? – Yaxshi o‘ylabsizlar, xudoyingiz sizlarga yo‘ldosh bo‘lsin! Er-xotin gapni chuvalatmaslik uchun eshaklarini niqtashdi. Umar ularning ortidan ma’yus tikilganicha qoldi. Laylo buni sezdi. Hatto Umarning tovushida allaqanday siniqlik, achinish ohanglarini ilg‘aganday bo‘ldi. Yo o‘zining hozirgi holati juda g‘amgin bo‘lgani, yig‘lab yubormaslik uchun lablarini qattiq qimtib olgani uchunmi, unga shunday tuyulgan bo‘lishi mumkin edi. Har g‘alay, tug‘ilib o‘sgan joyingni, vataningni, qavmu- qarindoshlaringni tashlab ketish oson ish emasdi. Ammo bunday qilmaslikning iloji ham yo‘q edi. Chunki tarozining narigi pallasiga er-xotinning dini-iymoni qo‘yilgan edi. Biroz yurishgach, Laylo eri Amirga qalbini kemirayotgan shubhalarini so‘zlab berdi. Ammo u xotinining kuzatishlariga uncha ahamiyat bermadi: – Nima, Umar ham musulmon bo‘ladi, deb o‘ylayapsanmi? – Aniq aytolmayman-u, ammo shunaqaga o‘xshaydi. Gaplaridan qilgan zulmlariga pushaymon bo‘layotgani sezilganday tuyuldi. – E, bunga aslo aqlim yetmaydi. Xattobning eshagi musulmon bo‘lishiga ishonish mumkindir, ammo Umarning Islomga kirishiga ishonish qiyin. Hijratga otlanib, vatanini tark etayotgan Amir va Laylo zolim va toshbag‘ir Umarning qalbida hozir nelar kechayotganini, nimalar tug‘yon urayotganini qayoqdan bilsinlar? Go‘yoki jilovsiz sel kabi kuch-shijoati vujudiga sig‘mayotgan Umar, kechagina uchraganga zahrini sochib yoki tekkanga tegib, tegmaganga tosh otib, dilini og‘ritib yurgan Umar, ayniqsa Muhammad alayhissalomga ergashib, iymon va Islom ne’matiga musharraf bo‘lgan musulmonlarni qon qaqshatayotgan Umar bugun sal boshqacharoq bo‘lib qolayotgandi. Quturgan, vahshatli, dahshatli, yo‘lida uchragan hamma narsani, jonzot va jonsizni surib, yig‘itib, yanchib borayotgan sel oqimini to‘g‘ri to‘g‘onga yo‘llab qo‘yilsa, sokin bo‘lib, tinchlanib qolgani kabi jaholat va g‘azab, qaysarlik va shafqatsizlik uya qurgan Umarning qalbiga bugun iymon nurlari, Allohning nuri tajalliysi o‘ziga yo‘l axtarayotgandi.
Download 143.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling