Payg‘ambarning (s.a.v.) duosi
Arab jazirasida Ukoz bozorining oldiga tushadigan ma’mur bozor yo‘q. Makkadagi bu
bozorga dunyoning hamma joyidan mol, qul va pul oqib keladi. Ertadan kechgacha
xaridor chaqirayotgan sotuvchilarning qichqirig‘i, odamlarning g‘ala-g‘ovuri, tuyalarning
o‘kirishi, qo‘ylarning ma’rashi, raqqosalarni jazavaga solgan duf ohanglari, shoir va
notiqlarning kuchanib she’r o‘qishlari, nutq irod etishlari bir zum tinmaydi. Bir tomoni
Yamanu Shomdan, Bag‘dodu Sherozdan kelayotgan savdogarlar mol yuklangan tuya
karvonlarini Ukozga qarab burishardi. Anvoyi gazmollar, kiyim-kechaklar yonida mis va
kumushdan yasalgan idish va ko‘zachalar terib qo‘yilgandi. Bir tomonda Habashistondan
olib kelingan qullar – erkak, ayol va bolalar sotuvga qo‘yilgan. Yana bir tomonda mesh
va idishlarda uzum va xurmodan tayyorlangan xamr va sharob. Boshqa tomonda hayvon
bozori, tuyalar, qo‘ylar, parrandalar... Och ham, to‘q ham, boy ham, faqir ham shu
yerda. Oshpazlar doshqozonlarda taom tayyorlab, miskinlarga, ochlarga tarqatish bilan
Haq hamisha g’olib (Umar al-Foruq). Ahmad Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |