Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc


ko‘rsatmoqqa urinadilar. Ovruponing usuli shudir. Bizning usulimiz bu emas!


Download 191.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/73
Sana08.01.2022
Hajmi191.43 Kb.
#249688
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Bog'liq
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi

ko‘rsatmoqqa urinadilar. Ovruponing usuli shudir. Bizning usulimiz bu emas!.. 

Bolqonlarning futuhoti muhabbat bilan bo‘lgan, darvishlar bilan bo‘lgan... O’rta 




Haqiqiy sevgi. Mahmud As’ad Jo’shon 

 

 



www.ziyouz.com kutubxonasi 

12

Osiyoning futuhoti muhabbat bilan bo‘lgan... Qurol-aslaha bilan bo‘lgan emas. Qurol 



bilan, harb bilan bo‘lgani yo‘q. Bizning yo‘limiz muhabbatdir. Sevmoqni o‘rgangaysiz, 

sevgi bilan – mehr-muhabbat bilan harakat qilmoqni o‘rgangaysiz!.. 

Muhabbat bir qancha jarohatlarni davolagay... Muhabbat bir qancha mushkullarni hal 

etgay... Muhabbat ko‘plab eshiklarni ochgay... Muhabbat bilan rohib (pop) musulmon 

bo‘lgay... Mehr-muhabbat bilan harakat qilganingda, axloqi hamida bilan harakat 

qilganingda har kimning ko‘ngliga yo‘l topgaysan... ko‘nglini olgaysan... Qo‘pol-qo‘rs 

bo‘lsa, insonning atrofida biror kimsa qolmas. 

 

Saudiyada mendan so‘radilar... Jiddada bir nahoriy nonushta tashkil etib, bizni 



to‘plashdi. Turkiyadan borgan boshqa professorlar ham taklif etilgan... Dedilarki, 

«Turkiyada 99 foiz musulmon bor, ammo nechun ulkan Islomiy bir taraqqiyot yo‘q...» 

Aytdimki, «Yuksalish, taraqqiyot, yordam faqatgina Allohdandir. Allohga tayanmagan bir 

ishning foydasi bo‘lmas, shu ma’lum bo‘lsin!..» Alloh xohlamasa, bo‘lmas. Allohdan 

so‘ramog‘imiz lozim, duo qilmog‘imiz lozim... Duo qildik, qara, qandoq yomg‘ir yog‘di!.. 

Demakki, bunday diyorlarda, bunday mamlakatlarda hali duogo‘y insonlar bor ekan-ku! 

Nega yomg‘ir uchun duo qilindi-yu, Islomiy yuksalish, rivoj uchun duo qilinmaydi?.. 

Nega Fotih jome’sida hozirga qadar hech: shu musulmonlik rivoj topsin, deb duo 

qilinmagan?.. Qanday materialist (moddiyunchi) insonlarmiz biz?.. Qanday moddaparast 

insonlarmiz!.. Yomg‘ir yog‘may qolsa, o‘n besh ming kishi Fotih jome’sida to‘planadi, 

yig‘lashadi: «Yo Rabbiy, yomg‘ir yubor!» deb. Islom ketyapti, ammo hech kimning tuki 

qimirlamaydi!.. Ketsa ketaversin, deydi. Chunki uyida o‘zi Qur’on o‘qiydi, tasbih o‘giradi, 

yotadi!.. Shundoq beparvolik qilish mumkinmi?.. Yomg‘ir umumiy yog‘ganidek, 

Islomning rivojlanmog‘i uchun, musulmonning qutulmog‘i uchun nega duo qilmaysan?.. 

Rivoj bergay!.. Alloh kimning duosini qabul etadi?.. Albatta, sevgan qulining duosini 

qabul etadi. Eng birinchisi shu! 

Ikkinchidan, Qur’oni karimda Alloh taolo hazratlari Payg‘ambar janobimizga buyurgayki: 


Download 191.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling