Microsoft Word haqiqiy sevgi ziyouz com doc
«Ashiddau ‘alal kuffori ruhamau baynahum...» «Kofirlarga nisbatan shiddatli
Download 191.43 Kb. Pdf ko'rish
|
Mahmud As'ad Jo'shon. Haqiqiy sevgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHABBATIMIZ OLAMSHUMULDIR
«Ashiddau ‘alal kuffori ruhamau baynahum...» «Kofirlarga nisbatan shiddatli,
qattiq, o‘z oralarida marhamatli» tarzida bo‘lmog‘i lozim!.. Buning uchun do‘stlikning savobini qo‘lga kiritaylik. Allohning sevgisiga noil bo‘laylik; dori na’imi bo‘lgan, rizosining yurti bo‘lgan jannatga kirmoqdan mahrum qolmaylik, deb sevgi – mehr-muhabbat ishlarining ahamiyatiga ishonganimiz uchun bu boralarda faoliyat ko‘rsatishga kirishdik.
«Mo‘‘min mo‘‘minning do‘stidir. Mo‘‘minlar bir-birlari bilan birdamlik qilsalar, imperializmning ularga qilayotgan ezishlarini, zulmlarini yenga olgaylar. Yurtlarini, o‘lkalarini qutqara olgaylar, qashshoqliklarining oldini olgaylar, boylik-davlatlarini qo‘ldan bermagaylar. Bir-birlarini qo‘llasalar, baxtli va baxtiyor bo‘lgaylar. Dushman ham hujum qilmoqqa botina olmas». Ana shundoq asosiy g‘oyalar bilan muhabbat va do‘stlikni rivojlantirish ishlariga yo‘naldik. Bu ishlar faqatgina bir yurt hududiga taalluqli suhbat mavzuyi emas. Yurtdan tashqaridagi musulmonlar ham bizning birodarlarimizdir... Yugoslaviya ham bizning aloqa maydonimizdir, Yunoniston ham muomala hududimizga kirar, Bulg‘oriston ham kirar. Kavkaziyya ham kirgay, Markaziy Osiyo ham kirgay, Hindiston ham kirgay, Bangladesh ham kirgay, Janubiy-Sharqiy Osiyo ham, Chin ham kirgay...Ya’ni, biz har tomon bilan ham bog‘liqmiz, aloqadormiz. Shuning uchun ular bilan do‘stlashmoqqa, munosabatlar o‘rnatmoqqa, ularning dardlarini bilmoqqa qaratilgan ishlarni bajarmoqqa kirishdik... Va men jurnalimizni chiqaradigan vazifador birodarlarimizga aytdimki, «Yurtimizdan ham ko‘ra yurtimiz tashqarisidagi musulmonlar bilan bog‘liq xabarlarni ko‘proq to‘plang va ko‘proq yoriting!..» Bizning birodarlarimiz yurtdan tashqarida ham o‘zlarining ko‘ngildoshlari, dindoshlari, birodarlari, qardoshlari borligini bilsinlar, eslasinlar, ular bilan bog‘lansinlar...
Bu muhim bir faoliyat edi. Hatto, shu darajaga bordikki, «Islom» jurnali Turkiyani gapirmaydi! Xuddi Turkiyada chiqmaydigandek...» degan tanqidiy fikrlar ham chiqdi. «Qaerda yashaysan o‘zi, muborak? Ozgina Turkiyadan ham gapirsang-chi!..» deganlar bo‘ldi. Tabiiy, har kim har xil tanqid qilishi mumkin. Ba’zilari do‘stona emas, illo bir ayb qidirmoq dardida... Ish shu darajaga kelib qoldi. Tabiiy, biz alhamdulillah, deymiz. Keyin, ayrim gazeta va jurnallar, «Siz tasavvufiy bir guruhsizlar, avval boshda muhabbatdan va hokazolardan gapirib, endi boshqa mavzularga o‘ta boshladingiz...» deb bezovta bo‘la boshladi. Alhamdulillah, ularning bezovtaligi, boyagilarning tanqidlari bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanimizni qo‘rsatadi, bu mamnuniyat hissini bag‘ishlovchi bir holatdir.
Download 191.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling